FAMILY (Mafia) 2-bob EP17

FAMILY (Mafia) 2-bob EP17

Dreams chapter x Kim Yena

Xona bo'ylab taralayotgan mayin musiqa ovozi Marini yurak urishiga jo'r bo'layotgan edi. Musiqa tugagach Yoongi uni qo'llarida qo'lini oldi.

-Yoqdimi?

Mari hayajon bilan mayin tabassum qilib turgan Yoongiga qarar ekan yurak urishi yanada tezlashdi. Qo'llarini yuragiga olib borarkan yuragi go'yo qinidan yorilib chiqayotgandek tuyilardi. Marini qanday hayajonda ekanligini ko'rgan Yoongi yana o'zi gapirdi.

-Bugun darsdan so'ng mashgʻulotlarni boshlashga nima deysan?

-A...nima? Bugun?

-Ha bugun, yoki vaqtin yo'qmi?

-Aa ha bugun vaqtim yo'q, umuman olganda men ketishim kerak

Mari titragan ovozda gapirgancha yugurib xonadan chiqib ketdi. Qo'llarini musht qilib hayajondan qaltirab yo'lak bo'ylab o'zini koyib ketardi.

Yoongi xonadan chiqib do'stlarini oldiga bordi.

-Qayerda eding?

-Ha shunchaki yangi qizga maktabni ko'rsatdim?

-Lekin juda uzoq qolib ketdinku?

-Studiyada pionina chaldik shunga qolib ketdik

-Ha tushunarli, ajoyib

-Ho'sh bugun balki karaokega borarmiz

-Meni vaqtim yo'q, kechir.

-Namjoon sen doim shunday deysan.

-Lekin bugun haqiqatdan ham vaqtim yo'q, kel yaxshisi ertaga boramiz

-Hmm Mayli... Faqat va'da ber

-Va'da beraman

-Ishondim

-Unda men kettim

-Yaxshi bor

Yoongi portfelini osgancha Yoongi va Taehyungga tabassum qilib qo'l silkidi va xonadan chiqib ketdi. Bekatda avtobus kutar ekan Mari uni yoniga kelib o'tirdi.

-Hey, sinf prezidenti

Namjoon tanish ovozni eshitib u tomonga qaradi, qarshisida Mari unga tabassum bilan qarab turar bir qo'li bilan esa shomolda uchayotgan sochini qulogʻi ortiga ilayotgan edi.

-Sen? Qalesan

-Yaxshi

Namjoon Mariga shamolda uchayotgan sochi noqulaylik tug'dirayotganini sezib ryukzagidan qizlar soch rezinasini oldi.

-Buni ol

-Aa raxmat

Mari soch rezinasi bilan sochini tartibga keltirdi. Namjoon esa shunchaki uni harakatlariga mahliyo bo'lib kuzatardi.

-Senda soch rezinasi borligini kutmagandim

-Yaa, buni meniki deb o'ylama. U singlimniki, shunchaki meni ryukzagimga solib qo'yibdi.

Namjooni g'azabdan katta-katta bo'lib ketgan ko'zlarini ko'rib Mari kulib yubordi.

-Ishondim

-Unda nega kulding

-Shunchaki juda kulgili ko'rinding

-Hunukmi?

-Yo'q juda yoqimtoy, huddi doramadagi yoqimtoy qahramonlardeksan, prezident

-Yaa meni prezident dema

-Hop prezident... Meni avtobusim keldi ko'rishguncha

-Ko'rishguncha

Mari avtobusga chiqib ketdi... Birozdan so'ng Namjoonni ham avtobusi keldi.

Namjoon onasi va singlisi bilan yashaydigan kichik ammo shinam va hashamatli uyiga kirdi. Uni ko'rgan jaji singlisi yoniga yugurib keldi

-Aka...aka

-Ha... Malika nega bugun buncha xursand

-Men bur yigitni sevib qoldim

-Yaaa atigi 10yoshsan qanday sevgi

-10yosh katta yosh, ahir 10yil yashadimku, bu qisqa muddat emas

-Kichkina aqlli, hop u kim ekan

-Gdragon, Bigbang guruhidan

-Oxooo idolmi? Unda juda chiroyli ekanligi aniq

-Huddi shunday

Namjoon singisini gaplaridan kulgancha oshxonaga oyisini yoniga kirdi. Onasini idish yuvayotganini ko'rib sekingina ortidan bag'riga bosdi.

-Meni qirolicham charchamadingizmi?

-Yo'q nega charchar ekanman. Shahzodachi? U charchamadimi?

-Yo'q, bugun shahzoda juda baxtli va energiyaga to'la

Onasi Namjoonga o'girilib sochlarini o'yladi.

-Ho'sh, kimnidir sevib qoldingmi? U baxtli qiz kim ekan? Men tanimanmi?

-Mmm u qiz ekanligini keyin aytaman, ammo u sizga yoqishi aniq

-Unda yaxshi qiz ekanligi aniq

-Shunday

-Qani o'tir ovqatlanib ol, so'ng muhim gapim bor

-Hop

Namjoon ovqatlanib bo'lgandan so'ng onasi biroz jiddiy tortdi.

-O'g'lim

-Ha

-Seni otang chaqiryapti

-Borishni istamayman

-Nega?

-Ular mani ishlarini davom ettirishimni istaydilar, men esa boshqa narsani orzu qilaman. Men do'stlarim Yoongi va Taehyung bilan qo'shiqchi bo'lmoqchimiz, ajoyib qo'shiq ham yozdik. Tinglab ko'rishni istaysizmi?

-O'g'lim... Men seni otangni ishini davom ettirishga majburlamayman... Shunchaki ularni yoniga bor. O'zing gaplash.

-Hop

Namjoon kiyimlarini almashtirgach otasini uyiga bordi. O'sha mashhur hashamatli qasr. Soqchilar yonidan o'tar ekan barcha unga tazm qilardi. Namjoon esa bunga parvo ham qilmasdi. Majlislar xonasi eshigi oldida toxtadi, kiyimlarini yana bir bor tartibga keltirib jiddiy yuz ifodasi bilan ichkariga kirdi. Derazadan tashqarini kuzatayotgan otasi eshik ovozini eshitib u tomonga qaradi. Namjoon otasiga tazm qildi so'ng ikkisi xona markazidagi devanga o'tirishdi.

-O'g'lim yaqinda maktabni bitirasan, yoshing ham 20ga yaqinlashib qoldi. Katta bo'lding, Taehyung allaqachon oilamiz faoliyatini yuritayapti, seni ham qo'shilish vaqting bo'ldi. Faqat sengina meni ishimni davom ettira olasan.

-Dada... Men...

Namjoon qo'rquv bilan so'zini aytishga ham ikkilanar edi. Eshik ortidagi o'ziga ishongan Namjoon o'rniga qo'rqoq Namjoon kelib qolgandek edi.

-O'g'lim... Men endi bolalarcha hayotni yig'ishtirishing kerak. Katta hayotga qadam qo'yding. Kelajakni o'ylab ish qil.

-Men qo'shiqchi bo'lishni istayman.

Namjooni keskin gapidan otasini yuz qiyofasi o'zgardi. Mehribon ota endi g'azabga to'lgan insonga aylangan edi.

-Men bu oila bir bo'lagi bo'lishni istamayman. Men kimnidir ko'z yoshini to'kishni istamayman. Men insonlarga baxtsizlik emas baxt ulashishni istayman.

-Bas qil. Meni o'g'lim hammani yonida ayollardek qo'shiq aytib raqs tushgandan ko'ra o'lgani yaxshi.

-Unda meni o'g'lingiz deb atamang. Shundoq ham bu yerdagilardan boshqa hech kim uchun sizni o'g'lingiz emasman. Hech kim men haqimda bilmaydi. Endi esa men ketaman


Namjoon ga'zabga to'lgan otasiga tazm qilib xonadan chiqdi.


17-qism tugadi.

Report Page