FAMILY (MAFIA) EP14

FAMILY (MAFIA) EP14

Dreams chapter x Kim Yena

EP14

[ D-4 narkotik moddalar yetkazib berilishiga 4kun qoldi.]


Tungi soat 3ga yaqinlashib qolgandi. Capo Yoongi va bir necha soldierdan iborat kema belgilangan manzilga yetib keldi. Ularni kemasi uzoqroqdan Seokjin boshchiligidagi harbiy dengiz kuchlari askarlari kemada kuzatardi.

-Kapitan kema toxtadi

-Biroz kutamiz ikkinchi kema yaqinlashsa boramiz

-Tushundim

Seokjin biroz asabiylashgancha kemani kuzatardi. Bu vaqtda Yoongi Namjoonga qo'ng'iroq qildi.

-Hyungnim biz yetib keldik, ularni kelishini kutyapmiz

-Yaxshi, hech kim kuzatmayaptimi?

-Yo'q

-Extiyotkor bo'ling

-Harbiy dengiz kuchlaridanmi?

-Kim Suhodan

-Tushunarli

Yoongi telefoni o'chirdi. Kim Suho... U xujum qilish xavfi bor. Yoongi narkotik moddalarni tekshirarkan soldierlardan biri "Kema ko'rindi" -deb baqirdi. Yoongi shimol tomondan kelayotgan kemaga qaradi. Kema hali uzoqda.

"Kapitan shimoldan kema yaqinlashyapti"- deb askar seokjinga baqirdi.

-Ular tomonga boramiz

-Hop kapitan

Harbiy kema ular tomonga yaqinlashayotganini ko'rgan Yoongi soldierlarga narkotikni yashirishni va suvga to'r tashlashni buyurdi. O'zi esa shimol tomondan kelayotgan kemaga ortga qaytish ishorasini berdi. Shimol tomondagi kema ortga qaytdi. Harbiy kema narkotik modda ortilgan kema yoniga kelib toxtadi. Seokjin palubaga chiqdi.

"Bu yerda nima qilyapsiz?"-deb baqirdi Seokjin.

-Baliqchimiz, baliq o'vlashga kelgandik. Tunda baliq ovlash ancha qulay bo'ladi.

Seokjin suvga tashlangan to'rga qaradi.

-Chegara yaqinida baliq ovlash shubxali emasmi?

-Bizni baliqlarimiz shimolga qochib ketyapti, shunga ularni o'zimizga qaytaraylik dedikda

-Bu yaxshi ish, lekin nima bo'lganda ham kemangizni tekshirishimiz kerak, bu bizni ishimiz tushunasiz degan umiddamiz

-Albatta kapitan bemalol

Seokjin va bir nechta askar Yoongini kemasiga o'tishdi. Askarlar kemani tekshirishni boshlashdi. Seokjin esa Yoongini yoniga keldi.

-Bugun qancha baliq ovladingiz?

-Endi kelgandik, lekin bugun baliq ovlolmaydigan ko'rinamiz

-Halaqit berganimizdan afsusdamiz

Yoongi kemani tekshirayotgan askarlarga ko'z tashlab turarkan kutilmaganda o'q ovozi eshitildi. O'q Yoongini peshonasi tegdi. Seokjin o'q kelgan topomga qaradi. Qora niqobdagi odamlar kemaga xujum boshlagandi.

-Jin ursin, hamma o'q uzsin

Kapitani buyrug'idan so'ng Askarlar o'q uzishni boshladi.

Tong... Hali quyosh ko'tarilmagandi. Namjoon shimollik hamkor bilan gaplashgandan so'ng jahl bilan xonadan chiqib ketdi. Yo'l-yo'lakay Taehyungga qo'ng'iroq qilib majlis xonasiga kelishini aytdi.

Birozdan so'ng Taehyung majlis xonasiga kirdi.

-Kim Suho xujum qildi...

Taehyung hech nima demay boshini egib turardi. Bunday vaziyatda nima deyish ham mumkin.

-Hamkorlar shartnomani bekor qilmoqchi. Barcha pullarni qaytarishimizni talab qilishyapti. Jin ursin

Namjoon jahl bilan zo'rg'a gapirardi.

-Bularni barchasi meni deb bo'ldi. Meni ochko'zligim sabab...

Taehyung Namjoonni asabiylashganini kuzatar ekan boshini ko'tarib gap boshladi.

-Men hamkorlar bilan gaplashib ko'ray.

-Sen...

-Ha men, buni uddalayman

-Yaxshi gaplash

Taehyung hamkorga qo'ng'iroq qildi.

-Eshitaman

-Bu Consigliere Kim Taehyung

-Yaxshi

-Men sizga so'nggi marotaba imkon berishingizni so'rab qo'ng'iroq qilyapman

-Boshqa imkon bera olmaymiz

-Imkon berishingiz kerak

-Tushunmadim?

-Shartnoma bo'yicha narkotik moddalar 10-yanvarda yetkazib berilishi kerak edi. Bugun 6-yanvar.

Bizda hali 4kun muhlat bor

-Sizni deb kecha odamlarimdan ayrilishim mumkin edi?

-Lekin bunday bo'lmadi, shunday emasmi? Shunday ekan bizga 4kun muhlat bering. 10-yanvar kuni narkotik moddalar qo'lingizda bo'ladi.

-Jin ursin... Yaxshi 10-yanvargacha muhlat beraman

-Raxmat

Ular muhlat berishdi.

-Ajoyib, raxmat Taehyung

-Bu meni burchim, lekin bu safar jiddiyroq tayyorgarlik ko'rish kerak

-To'g'ri, bu safar narkotikni o'zim yetkazib beraman

-Lekin...

-Bilaman xavfli, lekin shunga majburman

-Haqsan

-Qolgan masalalarni keyin hal qilamiz, hozir muhim uchrashuvim bor

-Hop

Taehyung xonadan chiqar ekan ortiga qaradi.

-Namjoon...

-Ha

-Yoongini dafn marosimiga borasanmi?

Namjoon sukut saqladi, bu yo'q degani edi. Taehyung buni tushundi va xonadam chiqib ketdi.

NIS tergov xonasi. Seokjinni bir qo'li stolga mahkamlangan, ikkinchi bo'sh qo'li bilan ko'ksidan olgan jarohatini ushlab o'tirardi. Birozdan so'ng xonaga ikki tergovchi kirdi.

-Detektiv Kim Taehyung, men Tergovchi Soo Minsooman.

-Men yordamchi Kim Minjae

Seokjin bosh chayqadi, shundan so'ng tergovchi va uni yordamchisi Seokjini qarshisiga o'tirdi.

-Detektiv Kim siz tirik qolgan yagona guvoh shu bilan birga...

-Gumondorman shundaymi?

-Ha...

-Ajoyib...avval ishga taklif qilishadi, so'ng gumondor sifatida hibsga olishadi. NIS hech qachon o'zgarmaydi.

-Detektiv Kim o'rningizni biling

-Jin ursin...

Tergovdan so'ng Seokjin gumondor sifatida hibsga olindi.


14-qism tugadi.

(*Gumondor sifatida hibsga olingan mahbus aybi isbotlanmasa 48soatdan so'ng qo'yib yuboriladi.)

*Maroqli mutolaa fanfic yoqayotgan bo'lsa fikringizni kutib qolaman.

Fanfic by: Kim Yena

Report Page