FAMILY (MAFIA)

FAMILY (MAFIA)

Dreams chapter x Kim Yena

EP23

-Jungkook vatan himoyasi uchun jon berdi. Uni hayoti mazmunli va foydali o'tgani aniq. Endi esa ishga o'tamiz.


-10-yanvar tunggi 00:00 yukni o'zim yetkazib beraman. 391.94.92 koordinatalarda kema joylashgan bo'ladi, hamkorlarga yetkaz - Seokjin Jungkook yuborgan suxbatni eshittirdi.

-Bu ertaga tonggi 0:00da narkotik moddalar yetkazib berilishi haqidagi xabar. Shu xabar uchun Jungkook jonini tikdi. Bu ishni Jungkook uchun ham uddalashimiz kerak.


*


-Kim Namjoon Hyungnim xushiga keldi.


Namjoon Taehyungdan xabarni eshitgan zudlik bilan Hyungnim yotgan xonaga kirdi.


-Dada - otasiga yaqin borib qo'llaridan ushladi.


-Ahvoli ancha yaxshi, ammo to'liq kuchga kirib sog'ayishi uchun uzoq vaqt kerak. - Shifokor Namjoonga vaziyatni tushuntirdi.


-Muhimi ko'zini ochdi, shunisiga ham shukur.


Namjoon Hyungnimni yonida uzoq vaqt qoldi, otasi hali ko'p gapira olmas, avvalgidek viqorli ko'rina olmasdi. Soat 14:00ga yaqinlashganda Taehyungdan qo'ng'iroq bo'ldi.


-Kim Namjoon narkotik yetkazib berish haqida kelishib olish kerak.

-Capolarni chaqir soat 14:00da majlis - Namjoon qo'lidagi soatga qarab javob berdi.

-Tushundim


Qo'ng'iroq yakunlandi. Taehyung barcha Capolarga majlis haqida xabar berdi.


Belgilangan vaqt bo'ldi, majlis boshlandi. Barcha o'z fikrini bildirdi, Namjoon barchani tingladi so'nggi so'z Taehyungga keldi.


-Men bandargohdagi barcha politsiya bilan muammoni hal qildim, kameralar ham o'chiq. Hamkorlar bilan joylashuv va vaqt haqida ham kelishdim, hech qanday muammo bo'lmaydi. Shunday bo'lsada extiyot choralarini ko'rish kerak. Kemadagi pochkalarni biriga qurollar yashiringan, Hoseok va Hyunsoo Capo va ularni soldierlari Underboss ya'ni Hyungnim bilan boradi. -Namjoon Taehyung uni Underboss deb ataganidan g'azablandi ammo sezdirmaslikka urindi.


-Demak, hammasi hal. Unda barcha soat 22:00da uydan chiqadi.


Soat 00ga yaqinlashib qolgan kema allaqachon dengizni o'rtasida. Qirg'oq uzoqdan ko'rinib turardi.

-Hyungnim belgilangan manzilga yaqinlashib qoldik

-Juda soz

-Biror nima ichasizmi?

-Yo'q, barchangiz xushyor turing

-Hop


Namjoon bugun ilk bor hamma ishlar ortga ketishidan havotirda edi. U aslida kamdan kam bunday qattiq havotirga tushardi.


Kema belgilangan manzilga yetib bordi, ularni uzoqdan Seokjin va politsiyachilar kemada kuzatishardi.


-Shimoldan kema yetib keldi.

-Ularni yoniga boramiz, Vertolyot ham yuqoridan qurshovga olsin

-Tushundim


**


-Bu biz va'da qilgan narkotik moddalar

-Raxmat, bu esa biz va'da qilgan pul

-Kelishuv yaxshi bo'ldi

-Biz uchun ham

Namjoon hamkor bilan suxbatlasharkan sirena ovozi eshitildi.


-Qo'lingizni ko'taring, politsiya, qarshilik qilishga urinmang. Qaytaraman qarshilik qilishga urinmang


-Jin ursin -Namjoon cho'mtagidagi qurolni qo'liga oldi, bir zumda capo va soldierlar ham o'q ochishga shaylandi.


-Kim Namjoon qarshilik qilishga urinma - Seokjin Namjoonni kemasiga o'tdi.

-Ablax

-Sen hali ham shunday tentak va pulga o'chsan, Kim Namjoon

-Hoziroq politsiyangni olib ket aks xolda barchasini o'ldiraman

-Yo'q, bu safar sen o'lasan. Tirik qolishni istasang taslim bo'l

-Qo'lga olsang meni yo'q qila olaman deb o'ylaysanmi? Tentak... Hali ham osmonlarda uchib yuribsan.

-Buni vaqt ko'rsatadi. - Seokjin gapini tugatib politsiyachilar tomonga qaradi - Barchasini qo'lga oling qarshilik qilganini o'ldiring.

-Qani meni qo'lga ol - Namjoon Seokjinga o'q uzib dengizga sakradi.

-Jin ursin uni hoziroq toping.


23-qism tugadi

Report Page