FAMILY (MAFIA)

FAMILY (MAFIA)

Dreams chapter x Kim Yena


EP22

Bu jangda Taehyung g'olib chiqdi.

Hyungnim Taehyungni xonadan chiqishi mumkin ekanligini aytdi. Taehyung xonadan chiqdi.

-Sen ishonchimni oqlay olmading.

-Kechiring, men raqibim Taehyung bo'lishini bilmagan edim.

-Ertaga raqibing men bo'lishim ham mumkin, Taehyung bugun seni asradi, men esa bunday qilmayman. Sen hamma narsaga tayyor turishing kerak, raqibing kim bo'lishidan qat'iy hech qachon u g'olib bo'lishiga yo'l qo'yma. Shunda sen haqiqiy mafia sardori bo'la olasan, shundagina insonlar sendan chinakamiga qo'rqadi va qarshilik qilishga jur'at eta olmaydi. Ketishing mumkin. Ertadan men bilan ish o'rganasan.

-Tushundim.

-Shoshma... Nega senga yana bir bor imkon berayotganimga qiziqmaysanmi?

-Qiziqaman.

-Chunki sendan boshqa o'g'lim yo'q. Boshqa biror davomchim bo'lganida aslo seni yonimga yaqinlashtirmagan bo'lardim, shunday ekan ishonchimni oqlashga astoydil harakat qil, aks holda ishimni Taehyungga topshirishga majbur bo'laman.

-Hop, tushundim.


Hozirgi kun...


[D-3 narkotik moddalar yetkazib berilishiga 3kun qoldi.]


Moyon Taehyungni itarib yuborishga urinar ammo kuchi yetmas edi.

-Taehyung, uni qo'yib yubor

Namjoon Taehyungni yoniga keldi.

-Sotqinni sen o'ldir. Buni sen qilishingni istayman.

Taehyung bir muddat Namjoonga qarab qoldi, so'ng qurolni oldi.

-Taehyung iltimos unday qilmang, iltimos

Taehyung Jungkookga qurolni o'qtaldi va o'q uzdi. Huddi 3yil avvalgidek.

Jungkook yerga yiqildi, atrofni bir zumda qon qopladi. Moyon yerda yotgan Jungkookga qarab huddi haykaldek qotib qolgan edi.

-Taehyung men bilan majlislar xonasiga kir

-Tushundim

Taehyung qurolni stol ustiga qo'yib xonaga kirdi.

-Mo...yon, ya...x...shi...misan? - Jungkookni titroq bilan eshtilgan so'zidan so'ng Moyon unga yaqin keldi.

-Jungkook

-Ke..chir, va'damni ba...jara olmadim.

-Yo'q unday demang iltimos, hammasiga men aybdorman, bularni barchasi men tufayli bo'ldi. Agar men bo'lmaganimda bunday bo'lmasdi.

-Yo'q...aslo bun...day deya ko'rma. Bunda seni... aybing yo'q. Ha...li ham...masi yaxshi.... bo'ladi, menga ishon.

Jungkook so'zini yakunlar ekan ko'zlarini yumdi.


[D-2 narkotik moddalar yetkazib berishga 2kun qoldi]


Tonggi soat 5:00, Seokjin daqiqa sanab kutgan onlar keldi.

-Janob Kim, sizdan bo'lgan tushunmovchilik uchun uzr so'raymiz.

-Siz shunchaki majburiyatingizni bajardingiz.

-Tushunganingiz uchun raxmat, bu narsalaringiz.

-Hop, salomat bo'ling

-Siz ham

Seokjin narsalarini olib tashqariga chiqdi va telefonini yoqdi.


Jungkookdan qabul qilinmagan 56ta qo'ng'iroq.


Hammasi joyidamikan - Seokjin havotir bilan 3-4marta qayta qo'ng'iroq qildi ammo javob kelmadi. Shundan so'ng Talkga kirdi.


-Jin ursin - Seokjin Jungkook yuborgan suxbatni tinhlagandan si'ng tezda mashinasiga chiqdi va Dohyonga qo'ng'iroq qildi.


-Nam Dohyon....

-Seokjin ahvoling yaxshimi, hammasi joyidami?

-Jungkook qayerda, GPS orqali tezda aniqla.

-Hozir

-Gangbuk-Gu ni ko'rsatyapti

-Aniq koordinatalarini yubor

-Hop


Seokjin Dohyon yuborgan manzilga yo'l oldi. 2soatga yaqin yo'ldan so'ng Seokjin mashinadan tushdi. Yerda qon izlarini ko'rindi.

-Jungkook - Seokjin u uchun qadrli bo'lgan insonni jonsiz tanasini ushladi.

-Kechir...Seni himoya qila omaganim uchun afsusdaman.


Seokjin Jungkookni ko'tarib mashinaga olib chiqdi.

Shu kun Jungkookni dafn marosimi o'tkazildi. Soat tungi 23dan oshgan, dafn marosimiga kelgan odamlar barchasi ketgan, Seokjin esa hali ham shu yerda edi.

-Kim Seokjin - Seokjin o'ziga tanish bo'lgan ovoz tomonga o'g'irildi, bu Namjoon edi.

-Sen ablax... - Seokjin uni yoqasidan ushladi.

-Qo'lingni tort. Sen uchun bir narsa olib keldim.

Namjoon cho'mtagidagi qog'oz bo'lagini Seokjinga tutqazdi -Bu senga sovgʻa.

Seokjin Namjoonni yoqasidan qo'lini tortib xatni oldi.

-Singlingni tirik ko'rishni istasang menga qarshi chiqishni bas qil. Otang va Jungkooknikidek qismat uni ham kutyapti, sen tufayli.

-Singlimga yaqinlashishni hayolingga ham keltirma. Bir tola sochi to'kilsa joning bilan javob berasan.

-Qo'lingdan kelganini qil


Namjoon Seokjinga mazag' qilgandek qarab, ortga burilib ketdi.


[D-1 narkotik moddalar yetkazib berilishiga bir kun qoldi]


-Jungkookni xotirasi uchun 1daqiqa sukut saqlang.


-......


-Seokjin vatan himoyasi uchun jon berdi. Uni hayoti mazmunli va foydali o'tgani aniq. Endi esa ishga o'tamiz.


-10-yanvar tunggi 00:00 yukni o'zim yetkazib beraman. 391.94.92 koordinatalarda kema joylashgan bo'ladi, hamkorlarga yetkaz - Seokjin Jungkook yuborgan suxbatni eshittirdi.

-Bu ertaga tonggi 3:00da narkotik moddalar yetkazib berilishi haqidagi xabar. Shu xabar uchun Jungkook jonini tikdi. Bu ishni Jungkook uchun ham uddalashimiz kerak.

22-qism tugadi.

Report Page