FAMILY (MAFIA)

FAMILY (MAFIA)

Dreams chapter x Kim Yena

EP21

3yil avval...

-Kim Taehyung

-Ha, Hyungnim

-Consigliere Kimni sen o'ldirishingni istayman. Buni faqat senga ishona olaman

-Albatta, tushundim

Hyungnimni buyrug'idan so'ng Taehyung qarshisidagi xonaga kirdi va birozdan so'ng o'q ovozi eshitildi.


8yil avval...

G'azab shunday narsaki bir zumda inson hayotini butkul o'zgartirib yuboradi. Namjoon butun hayoti davomida otasidek insonlardan naftatlangan edi, ammo Marini so'zlaridan so'ng bugun u otasidan ham qudratli va haqiqiy vaxshiy insonga aylanishga qaror qildi.

-Men ham sizdek bo'lishni istayman.

Namjooni to'satdan aytgan bu gapidan so'ng otasi va Consigliere Kim Seokhoon u tomonga qarashdi.

-Namjoon!?

-Ha men, men hyungnim bo'lishga qaror qildim. Meni qarmog'ingizga oling

Namjoon otasini yoniga borib tazm qildi.

-Shundaymi?

Otasini noaniq javobidan so'ng boshini ko'tardi.

-Huddi shunday

-Juda soz, unda buni ushla...

Hyungnim Namjoonni qo'liga pichoq tutqazdi.

-Consigliere Kim Seokhoon sotqinni bu yerga olib kel.

-Ha, Hyungnim.

Consigliere xonadan chiqgandan so'ng Hyungnim so'zida davom etdi.

-Kechagini qo'shiq aytib yurishni istagan eding, bugun esa jinoyatchi bo'lishni istayapsanmi? Sen mafia sardori bo'lishni hazil deb o'ylaysanmi?

-Yo'q

-Unda aytchi shu qo'llaringni qonga bulg'ay olasanmi?

Otasini bunday savol berishini Namjoon kutgan edi. Ahir mafia sardori yana qanday savol berishi mumkin. Shunday bo'lsada Namjoon javob biror so'z ayta olmadi. Oradagi sukunatdan so'ng Consigliere soldierlardan birini olib keldi.

-Kim Namjoon, savolim javobini so'z bilan ifodalay olmas ekansan amalda ko'rsat.

Namjoonni pichoq ushlab turgan qo'llarida titroq boshlandi. Kim ham qarshisida ko'zi yoshga to'lgan insonni o'ldira olardi, ayniqsa Namjoondek bunday vaxshiylikdan uzoq bo'lgan inson. Namjoon u tomonga asta yaqinlasha boshladi. Ko'zlari allaqachon qizargan, titroq esa chetdan ham sezilib turardi. Otasi uni kuzatar ekan xavfsalasi pir bo'ldi.

-Sendek qo'lida mikrofon ushlab yurgan inson pichoq ushlay olmaydi. O'zingni ishing bilan shug'ullan, bu yer senga sahna emas.

-Yo'q ota. Men bugun qila olmasman, ammo kelajakda albatta buni uddalayman. Menga imkon bering, iltimos.

-Imkon? Yaxshi... Senga uni beraman. Consigliere Kim uni haqiqiy erkak qilib tayyorla, senga 1oy muhlat.

-Tushundim Hyungnim

-Chiqishingiz mumkin.

Hyungnimni ruxsatidan so'ng ikkisi ham xonadan chiqdi, Namjoon eshikni yopar ekan qichqiriq ovozi eshitildi, bu sotqinning ovozi edi...

-Namjoon, sen haqiqatdan ham mafia sardori bo'lishni istaysanmi?

-Ha

-Nega bunday qarorga kelding. Agar jahl ustida bo'lsa, yaxshisi bu yo'ldan qayt. Sen bunday inson bo'lishga majbur emassan. O'zingni hayotingda yashashing kerak.

-O'zimni hayotimda yashash... Yo'q menimcha menda bunday imkon yo'q. Bilasizmi, odamlar sizni qanday inson ekanligingizni ota-onanggizga qarab belgilashadi. Ota-onang jinoyatchi bo'lsa sen ham jinoyatchisan, ota-onang yaxshi inson bo'lsa sen ham yaxshisan. Hech ham sizni o'zingiz qanday inson ekanligingizga qarab ham o'tirishmaydi. Kulgili shundaymi? Men mafia a'zosi bo'lsam ham, bo'lmasam ham barcha uchun jinoyatchi bo'lib qolaveraman, sababi otam jinoyatchi.

-Seni tushunaman... Hozir senga og'riqlidir ammo, insonlarni gap so'zi uchun kelajagingni barbod qilishing kerak emas.

-Kechirasiz, agar suxbatimiz yakunlangan bo'lsa men xonamga chiqaman, ertadan mashg'ulatlarni boshlaymiz. Hayrli tun.

Namjoon Consiglierega tazm qilib zinadan chiqib ketdi.

-Unga ham oson emas...

Consigliere biroz o'ylanib turgandan so'ng oshxonaga kirdi.

-Taehyung!?

-Hayrli kech, Consigliere Kim

-Senga ham hayrli kech. Ahvollaring yaxshimi? Tushlik qilyapsanmi?

-Ha shunday, Namjoon yaxshimi?

-Ha, xonasiga ketdi. Aytgancha u mafia a'zosi bo'lishni istashi haqida bilar edingmi?

-Nima!? U aqldan ozdimi? Bunday bo'lishi mumkin emas. U bunday qila olmaydi.

-Ammo shuni istadi. Sen u bilan gaplashib ko'r.

-Hop

-Aytgancha sen maktabni tugatding, kim bo'lishni istashingni hal qildingmi?

-Meni kim bo'lishim hal qilingan unutdingizmi?

-Kechir, unutibman. Aytgancha bir narsani unutma, bir kun hayot o'zgarishi mumkin xatto sen uchun ham. Shunday ekan o'zing uchun sevimli kasb tanla, vaqti kelsa o'sha kasbing bilan shugʻullanasan.

-Albatta, raxmat sizga Consigliere.

-Endi esa dam ol, hayrli tun.

-Sizga ham


1oydan so'ng...

-Ho'sh Kim Namjoon, endi o'zingni ko'rsatish vaqti keldi.

-Ha

-Qo'lingni qonga bulg'ay olasanmi?

-Ha, xuddi shunday

-U inson kim bo'lishidan qat'iy nazarmi?

-Ha

-Unda pichoqni ushla...

Namjoon otasi uzatgan pichoqni ishonch bilan qo'liga oldi.

-Consigliere Taehyungni chaqir

-Hop

Consigliere tashqariga chiqib ketdi.

-Taehyung? U nega...

-Kim bo'lishidan qat'iy nazar deb aytding shundaymi?

-Ha

Namjoonda Taehyung so'zidan so'ng ikkilanish paydo bo'ldi, ammo hozir ortga chekinish vaqti emas.

Xona eshigi ochildi, Taehyung va Consigliere xonaga kirishdi.

-Taehyung bu yerga kel

-Hop Hyungnim

Taehyung Hyungnimni yoniga borib tazm qildi, so'ng Hyungnim uni qo'liga pichoq tutqazdi.

-Ikkingiz bir-biringizga qarshi kurashishingizni istayman. Ikkingizdan biringiz taslim bo'lmaguningizcha olishuv davom etadi.

Hyungnimni bu so'zidan so'ng ikkisi bir-biriga qaradi. Namjoondagi o'ziga bo'lgan ishonch yo'qolgan, Taehyungda esa ikkilanish paydo bo'lgan edi.

-Boshlang.

Report Page