FAMILY (MAFIA)

FAMILY (MAFIA)

Dreams chapter x Kim Yena

EP27

Nafrat shunday tuyg'u, uni his qilishni boshlasang yuraging butkul muzlaydi. Na qorquvni his qilasan, na mehrni, butkul bu dunyo va uning azoblari senga ta'sir qilmay qo'yadi.

-Unda men ikki barobar qilib qaytaraman! Bir narsani unutma, sen va boshqalar barchasi uchun javob berasiz! Qasam ichaman shu qo'llarim bilan, o'z qurolingda seni o'ldiraman. Ungacha hayotdan lazzatlanib ol, vaqting borida.

-Yaxshi sen aytgandek bo'lsin, seni qo'lingda o'lsam ham afsuslanmayman. Endi esa otirib ovqatingni yeb ol!

Taehyung ovqatni stol ustiga qo'yib oshxonadan chiqib ketdi. Xonasi tomon borar ekan Moyonni gaplarini o'ylardi. Taehyung Moyonga aytgan gapi : "Seni qo'lingda o'lsam ham afsuslanmayman" - bu so'zlar oddiy tuyilsada chin yurakdan aytilgan edi. Uni o'limi Moyonni barbod bo'lgan o'tmishini qaytarmasada, yo bo'lmasa Moyon his qilgan dardlarni yengillashtirmasa ham, bu unga qila oladigan yagona yaxshilik edi.

Taehyung hayollarga ko'p berilmadi. Javondan kostyumini oldi va pastga tushdi. Uyga allaqachon Rachel kelgan edi.

-Hi Taehyung-ah seni ishonchli yordamching buyrug'ingga binoan yetib keldi.

Rachel kulimsiragancha Taehyung bilan salomlashdi. Taehyung doimgidek og'ir vazmin edi, ayniqsa oxirgi kundagi voqealar uni butkul kulgudan mahrum qilgan edi.

-Men kettim, ko'z-quloq bo'l

-Hop havotir olma, o'zingni extiyot qil. Qurolni unutma, hozir nima bo'lishini bilib bo'lmaydi.

-Meni faqat birgina odam o'ldirishga haqli, boshqa odamni qo'lida o'lmayman, havotir olma.

Taehyung Moyon tomonga qarab gapirdi so'ng uydan chiqib ketdi.


[ Shimoliy Koreya ]

-Aish fuck, Janub bilan bog'lanishni biror iloji bo'lishi kerak. Biror ilojini topishim kerak, jin ursin

Namjoon asabiylashgancha xonani u burchagidan bu burchagiga yurar, asabiylikdan ko'zlari qizargan edi.

Eshik taqillamaganda Namjoonni Janub bilan bog'lanish haqidagi o'ylari uni aqldan ozdirishi ham hech gap emas edi.

-Janob, kirsam bo'ladimi?

Namjoon qiya ochilgan eshik ortidan kelgan ovozga ha degancha javob berdi. Yumi ichkariga kirar ekan Namjooni qizargan ko'zlariga, asabdan titrayotgan tishlariga qarab biroz hayron bo'lar, ich-ichidan qandaydir qorquv va nohushlikni his qilar edi.

Namjoon Yumiga qanday ishing bor degandek nigoh bilan qarab turardi. Yumi Namjoonni nigohlariga to'qnash keldiyu ko'zini olib qochdi.

-Nonushta qilib oling, sizni oshxonada dadam kutyapti

Yumi gapini qisqa qildiyu shoshgancha xonadan chiqdi.

Hayolidan esa hali ham Namjoon haqida o'ylar ketmas edi.

Barcha bil stol atrofida o'tirsada hayollarida umuman boshqa-boshqa joydadek edi.

-Namjoon ahvoling ancha yaxshilangan ko'rinadi.

-Ha, raxmat qolishimga ruxsat berganingiz uchun.

-Raxmat shart emas, ammo bu herda uzoq qola olmaysan buni bilasan deb umid qilaman.

-Ha albatta, bir necha kundan so'ng ketaman do'stim bilan aloqaga chiqsam.

-Unda yaxshi. Men endi ketishim kerak.

Hyunsoo gapini tugatib stol atrofidan turdi.

Yumi ham otasini ortidan turib tashqariga chiqdi.

-Qizim men uyga kech qaytaman, o'zingnk extiyot qil. Agar nimadir ro'y bersa qo'shnilarni uyiga chiq, tushundingmi?

-Dada havotir olmang

Yumi dadasini tinchlantirsada o'zidagi qo'rquvni yo'qota olmas edi.

Insonlar shunday yaralgan ekan, boshqalarni xotirjamligi uchun o'zidagi hissiyotlarga ko'z yumadi.

Dadasini kuzatgach Yumi uyga kirdi. Namjoon yana o'sha holatda edi. Yumini ko'rgach u tomonga qaradi va gap boshladi.

-Chet elga qo'ng'iroq qilishni imkoni bormi?

-Ha, lekin uning uchun Pxenyanga borish kerak.

-Pxenyan... Menga yana bir bor yordam bera olasanmi?

-Qanday?

-Pxenyanga borish kerak, meni Pxenyanga olib bor

-Lekin... Avval dadam qaytsinlar, ularni ogohlantirish kerak.

-Menda bunga vaqt yo'q. Dadang qaytguncha uyga qaytamiz.

-Hop, unda yarim soatda yo'lga tushamiz.


[ Janubiy Koreya ]


Taehyung uyga kirar ekan atrofdagi xizmatchilarga eʼtibor ham bermay to'g'ri Hyungnimni xonasiga kirdi.

Xonada Hyungnim Hoseok bilan "Go" o'ynab o'tirar edi.

-Harli tong Hyungnim

-Soat tonggi 8:00, Kim Taehyung tartibni unutmaydi.

Hyungnim qora Go donachasini o'yin do'skasiga qo'ygancha kulib gapirdi. Kulguga hyungnimga hos bo'lmagan yo'tal ham aralashgan edi. Yosh o'tib borar ekan inson organizmi ham kasalliklarga qarshi kurashishni yo'qotib borar ekan. Tog'dek viqorli, pullari dunyoni sotib olishga yetadigan insonlar ham kichik kasalliklar oldida ojiz qoladi.

Taehyung hyungnim ahvolidan tashvishlansada buni hyungnimga ko'rsatishni istamasdi. Hyungnim hammasidan ham tashvishlanadigan narsa bu kimgadir, ayniqsa unga yaqin bo'lgan insonlariga ojiz ko'rinish edi. Taehyung esa buni juda yaxshi bilar edi.

-Qanday qilib unutishim mumkin, bu meni burchim bo'lsa.

-Yaxshi, unday bo'lsa hisobotni boshlashing mumkin.

Namjoon haqida hali hech qanday ma'lumot yo'q. Ammo katta extimol bilan uni Shimoliy Koreyada bo'lishi mumkin degan xulosaga keldim. O'sha vaqtda shimol Koreya chegarasidan uncha uzoq bo'lmagan joyda baliqchilar kemasi soldierlarni birini yashirin kamerasiga sur'atga tushgan.

Taehyung qo'lidagi sariq fayldan bir nechta rasmlarni olib Hyungnimga berdi.

-Mana bu nurni ko'ryapsizmi? Baliqchilar kemasida odatda shunday chiroq bo'ladi. Aynan shu chiroq surʼatga tushgan. Katta extimol bilan Namjoon o'sha kemagacha suzib borgan bo'lishi mumkin.

-Namjoon suzib bora oladi deb o'ylaysanmi?

-Bunday chiroqlar tumanlar bo'lmaganda o'rtacha 400-600metr uzoqlikdan ko'rinadi. Tumanda esa 200-400metrgacha. O'sha kun biroz tumanli bo'lganini hisobga olsak o'rtacha 250metr uzoqlikda joylashgan. Suv harorati ham 2°C. Bunday holatda suzish uchun 10-20 daqiqa kerak bo'ladi. Shunday ekan katta extimol bilan yetib borgan.

-Unday bo'lsa yana 2kun kutamiz, agar undan hech qanday xabar bo'lmasa, unda o'ldi degan xabarga kelamiz.

-Hop tushundim.

-Davom etishing mumkin.


[ Shimoliy Koreya ]

-Bizga Pxenyanga ikkita chipta bering

-Pasportlaringizni ko'rsam bo'ladimi?

Yumi va Namjoon bir zumda bir-biriga qaradi. Namjoonni hayolida go'yo katta tog' ustiga qulagandek edi. Namjoonni yuz ifodasidan Yumi tushungan edi, unda pasport yo'q.

-Pasport... Uni unutgan ko'rinamiz, kechirasiz.

Yumi Namjooni chetga oldi.

-Pasportsiz Pxenyanga bora olmaymiz.

-Jin ursin....

Taqdirni Namjoonga atab qo'ygan yaxshiligimi yoki aksincha yomonligimi uni eski bir tanishi bilan to'qnash keltirdi.

-Kim Namjoon, seni Shimolga qaysi shamollar uchirdi. Yerdan chiqdingmi yoki osmondan tushdingmi, bizni yopiq mamlakatimizga?


27-qism tugadi.

Ancha vaqtdan beri tashlanmadi, shunining uchun davomini yozishimga ilhom berish uchun fikr va reaksiyalarni ayamasligingizni va qo'llashingizni iltimos qilaman. Maroqli mutolaa.

Report Page