FAMILY EP13

FAMILY EP13

Dreams chapter x Kim Yena

EP13

[D-5 | Narkotik moddalar yetkazib berilishiga 5kun qoldi.]


Ertasi kuni tong. Jungkook Seokjin bergan ovoz yozish moslamasini olib xonasidan chiqdi. Majlis boshlanishiga hali yarim soat bor, demak moslamani o'rnatishga ulguradi. Majlis bo'ladigan xona eshigini taqillatdi, hech kim javob bermadi, so'ng eshikni ochib ichkariga kirdi. Xonani ko'zdan kechirdi so'ng xona markazidagi stolni ostiga moslamani o'rnatdi.

"Ana endi hammasi yaxshi bo'ladi"-deb xonadan chiqib ketdi. Zina bo'ylab pastki qavatga tushar ekan Taehyungga to'qnash keldi.

-Jeon Jungkook

-Eshitaman Consigliere

-Nonushta qildingmi?

-Hali yo'q

-Ortimdan yur

-Hop

Ikkisi ishchilar oshxonasiga borishdi. Mafia oilasida ikki oshxona ishchi oila oshxonasi va mafiani haqiqiy oila a'zolari oshxonasi bo'lar edi.

-Taehyung muzlatgichni ochib ikki kishi uchun yegulik oldi.

-Consigliere nega bu oshxonada ovqatlanyapsiz?

-O'tmishni yodga olish uchun

Ikkisi birga nonushta qilar ekan Jungkook Taehyungni savolga tuta boshladi.

-Qanday xotiralarni nazarda tutdingiz?

-Mafia oilasiga qanday kelganim... Aslida kim ekanligim...

-Aslida kimsiz?

-Shuni bilishga urinyapman.

-Yana savol bersam maylimi?

-Ha

-Mafia oilasiga qanday kelgansiz?

-O'sha vaqt 14yosh edim... Ota-onam NISda agent bo'lgan. Ularni shimolga jo'natishgan... So'ng aloqaga chiqishmagani sabab voz kechishgan. Hisobotda esa sotqin deb yozishgan. Shundan so'ng uyimizni tortib olishdi, ko'chada yashay boshladim, barcha meni vatan xoyinini farzandi deb atardi. Bular qanchalik azob berishini hech kim tasavvur ham qilolmaydi... Ko'p bora ota-onamni oqlashlari uchun urindim... Sudrab chiqarishdi, taxdid qilishdi... Shundan so'ng Hyungnim menga yordam berishga vaʼda berdi evaziga men unga sodiq ishchi bo'ldim. U va'dasida turdi, endi esa navbat meniki.

-Ha... NIS ko'p insoni qayg'usiga sabab bo'lgan.

Taehyung Jungkookni gaplarini eshitib soatga qaradi. 7:58 majlis boshlanishiga 2daqiqa qoldi.

-Men ketishim kerak... Yana gaplashamiz Jeon Jungkook

-Albatta

Jungkook ta'zim qilib Taehyungni kuzatdi, so'ng xonasiga ketdi.

Taehyung majlis bo'ladigan xonaga kirdi, Namjoon allaqachon xonada o'tirgan edi.

-Keldingmi?

-Ha

-Nima yangiliklar bor?

-Men hamkorlar bilan gaplashdim. Ular yetkazib berishimizga ishonishmayapti

-Unda ertaga rejalashtirgan narkotikimizni bir qismini yetkazib beramiz

-Lekin bu uchun yetarli darajada tayyorlanmadik

-Boshqa ilojimiz yo'q

-Tog'ri

-Bu ishni Capo Yoongiga tayyorla, u hammasini uddalaydi.

-Hop, qanday yo'l bilan yetkazib berishni maqul ko'rasan

-Kemada... Ertaga tonggi soat 3:00da shimoldan kema keladi. Ikki davlat dengizi o'rtasida ko'rishadi

-Yaxshi yo'l

Jungkook xonasida ularni suxbatini tinglar ekan Seokjinga qo'ng'iroq qildi.

-Seokjin ma'lumot bor

-Qachon ko'risha olasan?

-Yarim soatdan so'ng... Bozorda yuklar qo'yadigan joyda ko'rishamiz

-Kelishdik

-Shoshma

-Ha...

-Singlim... U yaxshimi?

-Ha havotir olma yaxshi

-Raxmat

Jungkook Hoseokdan tashqariga chiqishga ruxsat oldi. So'ng bozorga ketdi.

-Seokjin

-Hech kim ortingdan kelmadimi?

-Yo'q

-Bu yerda ularni suxbati yozilgan, ertaga tonggi soat 3:00da shimolga narkotik modda yetkazib berishadi. Ularni qo'lga olishing mumkin.

-Kim yetkazib beradi? Taehyungmi? Yoki Namjoon?

-Capo Yoongi

-Qanaqasiga? Jin ursin? Shuncha narkotik moddalari ushlab qolingandan so'ng ham o'zi yetkazib bermaydimi?

-Menimcha yetarli darajada tashvishlanmayapti... Gap shundaki Moyon seni singlin ekanligini biladi. Otang ma'lumotlarni singlingni nomida saqlagan ko'rinadi. U nima bo'lganda ham barcha mafia oilalarini yo'q qilsa, hamkorlar undan narkotik olishga majbur bo'lishadi deb o'ylaydi.

-Jin ursin.

-Ammo hamkorlar Namjoondan shubxalanyapti... U hamkorlar u uchun muhim ko'rinadi. Agar unga bugun to'sqinlik qila olsang yana bir marotaba yetkazib berishi mumkin. U uchun oxirgi imkoniyat berilishligi aniq... Balki o'zi yetkazib berar.

-Raxmat. Bu ishni albatta uddalaymiz

-Endi men ketishim kerak

-Yaxshi, singlimga salom ayt

-Albatta

Namjoon Itaewondagi klubga jahl bilan kirdi. Uni Kim SongDan kutib oldi.

-Jin ursin bitta ishni ham uddalay olmadingmi? Nega senga o'zi ishondima?

-Uzur so'rayman

Namjoon tiz cho'kib turgan SongDani sochidan tortib yuzini ko'tardi.

-Uzr so'raysan? Uzuring bilan shunchaka pulni qaytara olaman deb o'ylaysanmi? Yaxshi bugundan ikki baravar ko'p haq to'laysan. Tekin tomoq bo'lishing jonga tegdi. Hamma zararni qoplash kerak. Shunday emasmi?

-Ha janob

Seokjin Jungkook bergan fleshkadagi suxbatni eshittirdi.

-Kim Seokjin dengiz harbiy qo'shini bilan operatsiyani bajarasan, ularni tirigini yoki o'ligini olib kelishingni ahamiyati yo'q.

-Hop Janob.


13-qism tugadi.

*Maroqli mutolaa fanfic sizga yoqyapti deb umid qilaman*

Report Page