FAMILY

FAMILY

Dreams chapter x Kim Yena

~EP19~

[D-3 narkotik moddalar yetkazib berilishiga 3kun qoldi. ]


Taehyung zina tomonga ketar ekan yig'i ovozini eshitdi, bu unga tanish Namjoonni ovozi edi. Taehyung Namjoon nima uchun yig'layotganini juda yaxshi bilardi. Namjoon uchun o'tmishda bo'lgan voqealar qanchalik og'riqli bo'lsada yaqin do'stini o'limi, uni so'nggi manzilga jo'natish uchun jur'ati yetmagani azob berardi. Namjoonni Yoongidan jahli chiqmagan shunchaki bolalarcha qaysarlik qilayotgan edi. Bu qaysarlik esa unga qimmatga tushdi. Endi Yoongi yo'q, vaqtni esa ortga qaytarib bo'lmaydi.

Taehyung erta tongdanoq Hyungnimni xonasiga kirdi. Osma ukol osilgan, sun'iy nafas olish moslamasiga ulangan HyunJoonga ta'zim qildi, so'ng chekkadagi stoldan birini olib uni yoniga o'tirdi.

-Bugun ko'rinishingiz ancha yaxshi, tez orada o'zingizga kelishingizni sezib turibman. Umuman olganda sizni sog'indim, yo'q yo'q bu bilan Namjoon ishlarni yaxshi uddalay olmayapti demoqchi emasman. Barchasi joyida, lekin shunday bo'lsada sizni qattiq sog'indim. Doim menga nega meni ota demaysan der edingiz. Men sizni ota sifatida qabul qilmasligimdan emas shunchaki buni aytishga uyalishimdan, jur'atim yetmasligidan edi. To'g'risini aytsam ko'p marotaba sizni ota deyishga urindim, hatto ko'p marotaba mashq ham qildim, ammo qachon sizga to'qnash kelsam buni ayta olmasdim, ammo hozir aytmoqchiman. Bugun buni uddalay olaman. Tezroq tuzaling ota, sizni sog'indim.

Moyon eshik ortidan Taehyungni so'zlarini tinglar ekan otasi bilan o'tgan damlari yodiga tushdi.

-Dada meni Jungkook maktabga olib borishini istamayman. Siz olib boring.

-Qizim kechir hozir juda muhim ishim bor, o'sha ishimni tugatsam keyin akang, sen va men birga yashaymiz, o'shanda doim o'zim maktabga olib boraman.

-Sizga ishonmayman. Akamga ham ular ham aldadilar ta'tilda Jejuga olib boraman deb.

-Qara senga vada beraman 15yoshga to'lgan kuning birga Jejuga boramiz, kelishdikmi?

-Va'dangizda turasizmi?

-Albatta ahir men politsiyachiman, politsiyachilar esa hech qachon va'dasini buzmaydi.

-Tezroq qayting.


-Dadam o'sha kuni sen tufayli uyga qaytmadilar. Sen sabab meni oilam yo'q bo'ldi. Barchasiga sen sababchisan. Sendan nafratlanaman.

-Bu yerda nima qilyapsan?

Moyon ortidan eshtilgan ovoz tomonga qaradi.

-M..men...haligi...

-Javob berishing shart emas, xonaga bor.

-H..hop

Moyon Namjoonni o'tkir nigohidan ko'zini olib qochib xonasi tomonga ketdi. Namjoon esa qiya ochiq turgan eshikdan ichkariga kirdi.

-Namjoon

-Sahardan bu yerga keldingmi?

-Ha

-Dadamni ahvollari ancha yaxshilandi, shifokorlar bugun ertaga o'zlariga kelib qolishlari mumkinligini aytishdi.

-Xursandman.

-Men ham.

-Yoongini oxirgi yo'lga kuzatdik, ishonchim komilki u abadiy hayotida baxtli yashaydi. Sen ko'p kuyinma, bu bilan hech nimani o'zgartira olmaysan.

Namjoon Taehyungni gapidan so'ng biroz sukut saqladi so'ng:

-Har doimgi vaqtda majlis xonasida seni kutaman. Gaplashib olishimiz kerak bo'lgan ba'zi narsalar bor.

-Hop


-Hey, Jeon Jungkook

-Capo Hoseok

-Ha men, yuraqol nonushta qilamiz

-Aa hop

Hoseok bilan Jungkook oshxonaga borishdi, u yerda Jimin va Taehyung o'tirishgan edi. Taehyungni ko'rgandan so'ng Jungkook unga tazm qildi.

-Yigitcha bunday qilish shart emas dedimku. Shunchaki o'tir va biz bilan nonushta qil

-Hop

Barcha stol atrofiga o'tirdi, nonushtaga uncha og'ir bo'lmagan lekin to'yimli ovqat tayyorlangan edi.

-Oilamizga ancha o'rganib qoldingmi?

-Ha

-Sen bilan ko'p marotaba gaplashib olishim kerakligini o'yladim, ammo muammolar sabab bunga vaqt bo'lmadi, ammo bundan keyin doimo senga vaqt ajratishga urinaman. Bu oila va undagi har bir inson men uchun qadrli, shu jumladan sen ham.

Taehyung so'zida davom etar ekan kastyumini ichki cho'mtagidan kichik qutini olib stol ustiga qo'ydi.

-Bu senga mendan kichik sovg'a umid qilamanki senga yoqadi. Buni do'stligimiz ramzi sifatida qabul qilishingni so'rayman.

Jungkook Taehyung bergan qutichani yoniga oldi.

-Sovg'angiz uchun raxmat

-Endi barchamiz do'st ekanmiz kechki payt sodju ichishga borishga nima deysizlar

-Ajoyib fikrNonushtadan so'ng Taehyung majlis xonasiga kirdi.

-Keldingmi?

-H

-Nima uchun chaqirganding

-Avval o'tirib ol

Taehyung Namjoonni qarshisiga o'tirdi, shundan so'ng Namjoon stol ostiga egilib kichik moslamani oldi va Taehyungga jim degandek ishora qildi. Taehyung jim bo'ldi, Namjoon esa moslamani joyiga qayta qo'ydi

-Nima qilish kerak ekanligini tushundingmi

-Ha

-Aniqlaganingdan so'ng menga xabar ber.

-Tushundim.

Jungkook ularni suxbatini tinglar ekan nima haqida gaplashishganini tushunmas edi, ammo sezib qolishgan degan tahmin paydo bo'ldi. Moslamani o'chirib Seokjinga qo'ng'iroq qildi.

-Abanent oparati o'chiq....

19-qism tugadi.

Report Page