FAMILY

FAMILY

Dreams chapter x Kim Yena

EP11

-Soldier Jeon nima qilyapsan, nega ular bilan gaplashyapsan?

-Aa shunchaki shunday o'ldirish rohat bermaydi, shunga oldin biroz urish kerak

Jungkook Hangyulni yoqasidan ushlab urishni boshladi, uzoqroqdan Jimin uni kuzatib turardi. Jungkook ba'zan Jiminga qarab qo'yar, Hyunwooga Seokjinga xabar yozishini aytardi. Bir necha daqiqa Hangyulni urgandan so'ng Jimini sabr kosasi to'ldi va Jungkookga ularni o'ldrishini aytdi. Shunday so'ng Jungkook topponchasini o'qlab avval Hangyulni Ko'ksiga so'ng Hyunwooga o'q uzdi

-Endi ularni yoqotish kerak

-Yaxshi bu ishni o'zim uddalayman

-Ishondim

Jimin uy tashqarisidagi o'zini joyini egalladi, Jungkook esa Hangyulni orqa o'rindiqga olib rulga o'tirdi, uyga uncha uzoq bo'lmagan joydagi o'rmonga olib bordi, so'ng yurak urishini tinglab ko'rdi, "hali tirik..." deb Hyungwooni telefonini oldi Seokjinga qo'ng'iroq qildi.

-Hyung muammo....

Jungkookdan voqealarni eshitgandan so'ng Seokjin Jungkook aytgan manzilga yetib keldi.

-Hyung man odam o'ldirdim...

-Yo'q ular tirik, sen tog'ri qaror qilding. Hammasi yaxshi bo'ladi, menga ishon

-Hop

-Sen yerdan gor kavla, so'ng mashinadan barmoq izlaringni o'chir, ular shubhalanmasligi kerak. Men esa Hyunwoo bilan Hangyulni shifoxonaga olib boraman

-Hop, qachon aloqaga chiqamiz

-Bir-ikki kunda

-Yaxshi

Shundan so'ng Seokjin Hangyul va Hyunwooni shifoxonaga olib ketdi, Jungkook esa barcha ishlarni hal qilib tonggi besh atrofida uyga qaytdi.

Chiroyli bezatilgan dasturxon atrofida uch kishi o'tirardi. Moyon ovqat yer ekan ora-orada Taehyungga nochor va alamga to'lgan ko'zlar bilan qarardi. Taehyung buni sezar ekan ortiq bu yerda o'tira olmasligini sezdi.

-Namjoon men bugun uyimga borishim kerak. Uyda qiladigan ba'zi ishlarim bor, ertaga qaytaman

-Yaxshi...

Taehyung stol atrofidan turdi. Buni ko'rgan Moyon ham gap boshladi.

-Men to'ydim

-Unda xonangga chiq

Moyon javob bermay zina tomonga yurdi. Ortidan Taehyung ham yuqoriga chiqdi.

-Taehyung

-Sen...

-Iltimos... meni eshiting

-Bunga majburmanmi?

-Bu juda muhim... Namjoon mendan bir narsani olmoqchi? 1oydan keyin nimadir bo'lishi haqida gapirdi, iltimos uni nimaligini bilsangiz menga aytingz unga o'sha narsani beraman, menga kerak emas u nima bo'lsa ham

-Men bilmayman, yo'ldan qoch

Taehyung Moyoni yonidan o'tib ketdi, so'ng xonasidan narsalarini olib uydan chiqib ketdi. Birozdan so'ng Namjoon ham qandaydir ishlar bilan uydan ketdi. Moyon Jungkookni yoniga borishi uchun ancha bexavotir vaqt edi.

Moyon uyni birinchi qavatiga tushdi. Birinchi qavatda uyni tozalovchilardan boshqa hech kim yo'q edi. Moyon xona o'rtasidagi devanga o'tirdi va Jungkookni ko'rinishini kuta boshladi. Yarm soatlardan so'ng Jungkook uyga kirdi. Uni ko'rgan Moyon Jungkookga imo ishora qildi, so'ng zinadan yuqoriga chiqdi, birozdan so'ng ortidan Jungkook ham chiqdi.

-Nima bo'ldi tinchlimi?

-Ha shunchaki akam haqida so'ramoqchi edim

-So'ra

-U yaxshimi?

-Ha yaxshi, seni bu yerdan qutqarsa yana ham yaxshi bo'lishiga ishonchim komil

-Unda nega 3yil ichida nega meni qidirmadi?

-Seni qidirdi, bu uchun barcha ishni qildi lekin biror natija chiqmadi, shundan so'ng...

-Meni o'ldi deb o'yladiz shundaymi...?

-Ha... Lekin nima bo'lganda ham u seni topdi, oz qoldi yana, u seni qutqarsa birga tug'ilgan kuningni nishonlaymiz. Katta qulupnayli to'rt hohlaganding 3yil avval esingdami? Men shunday to'rtga buyurtma berganman, 18yoshga to'lishingni ajoyib qilib kutib olamiz

-Tug'ilgan kunim... Ha albatta 1oydan so'ng meni tug'ilgan kunim, Men va 1oy....Lekin buni Namjoonga nima aloqasi bor?

-Seni tug'ilgan kuning jin ursin nega bu meni hayolimga kelmadi? Otang o'limidan avval senga biror gap aytmaganmidi?

-O...otam? buni nima aloqasi bor?

Taehyung uyida Moyon aytgan gaplarni o'ylarkan Namjoon yana biror nima reja qilganini bilishga urinardi. Uni qanday maqsadi bor. U qizni nima qiladi? Biror sababsiz qizni uyiga olib kelmasdi. Balki bu jumboqni yechsa Moyoni qutqara olar, ahir u Namjoonga kongil xushlik uchun kerak emasdi.

Hozir uni hammasidan ko'ra ko'proq Moyoni qutqarish muhimroq edi. U ortiq o'ziga qarshi chiqa olmasdi.

Seokjin shifoxonada o'tirar ekan shifokor uni xonasiga chaqirdi.

-Bemorlarni ahvoli yaxshimi?

-Kim Hyunwooni ahvoli hozircha yaxshi ammo Lee Hangyul... bekorni asrab qololmadik.

-Tushunarli...

Seokjin shifokor xonasidan chiqib NISga bordi. Xonaga kirganda u yerda direktor o'tirardi.

-Jungkookni topganingizdan xursandman

-Lee Hangyul vafot etdi

-Xabar topdim... Buni

eshitganimdan afsusdaman

-Jungkook bilan qachon aloqaga chiqamiz, uni ham o'lishini istamayman, buni tezlatish kerak

-Yaxshi, mikrafon GPS kerakli narsalarni o'zing bilan olib yur imkonimiz bo'lishi bilan aloqaga chiqamiz.

-Hop

11-qism tugadi.

Bosh qahramonlar
Hangyul
Hyunwoo


Report Page