ExpressJs nimalarga qodir?

ExpressJs nimalarga qodir?

Ibrohim Bahromov
ExpressJS

Biz shu paytgacha JavaScript ning asosan front-end da juda ham ko’p ishlatlishi va uning bu sohada tengsiz ekanligi haqida maqolalar yaratdik. Ammo, JavaScript yordamida back-end da ham murakkab tuzilishga ega bo’lgan veb dasturlar yaratish mumkinligi hech kimga sir emas. Bugungi maqolamizning asosiy qahramoni ExpressJs dir.


ExpressJS - NodeJS ning barcha qobilyatlaridan foydalanib yaratilgan veb yoki API server yaratishda ishlatiladigan texnologiyadir. Hozirgi kunda JavaScript back-end dasturchilarining ko’pchiligi asosan ExpressJs dan foydalanishadi. Ho’sh, ExpressJs nimalarga qodir? Quyida ushbu savolga atroflicha javob berishga harakat qilamiz.


Birinchi o’rinda takidlab o’tilishi lozim bo’lgan jihati bu Expressning qolgan server yaratuvchi texnologiyalar kabi oddiy strukturali veb saytlar yarata olishidir. To’liqroq qilib aytganda, hech qanday front-end texnalogiyalaridan foydalanmay turib, faqatgina HTML va CSS yordamida yaratiladigan veb saytlar Express orqali juda ham oddiy yumushga aylanadi. Boshqa o’zi kabi texnalogiyalar kabi, Express bunday ishni amalga oshirishi uchun “templating language” lardan foydalanadi. Express to’g’ridan to’g’ri Jade yoki EJS “template” laridan foydalanadi. “Templating language” atamasini shunchaki HTML ning Express yoki boshqa bu kabi texnologiyalar uchun qaytadan yaratilgan versiyasi deb tushinish kerak. Bunda HTML o’zining xususiyatlariga qo’shimcha ravishda Server yaratuvchi dasturning xususiyatlariga ham moslashadi. Bu usulda yaratilgan fayllar .html kengaytmasi o’rniga .jade yoki .ejs kabi saqlanadi.


Bundan tashqari, Express zamonaviy uslub, yani API yaratish borasida ham dasturchilarga juda ko’p qulayliklar yaratadi. Bu usulda yaratiladigan veb sayt yoki dasturlaring afzalligi shundaki, dasturchilar back-end yaratish mobaynida veb sayt yoki dastur interfeysi haqida bosh qotirishlari shart bo’lmaydi. Bundan tashqari bir marta yaratilgan server turli xildagi dasturlar uchun ishlatilishi mumkin. Albatta bu jarayon boshqa texnalogiyalar uchun biroz noqulayliklar yaratadi. Chunki, server va dastur o’rtasidagi muloqot “JSON” farmatida amalga oshiriladi. Express uchun esa bu juda ham qulay. Chunki “JSON” formati Javascript sintaksisi bo’yicha yaratilgan.


Expressning yana bir qulayligi, bu uning dasturchilar uchun tayyor holatdagi loyihalashtirilgan “generator” larining borligidadir. Bu “generator” lar, yani loyiha yaratuvchi texnalogiyalar, dasturchilar ishini ancha osonlashtirib, ularni loyiha yaratish avvalidagi sarflanadigan vaqtlarini tezashga hizmat qiladi.


Report Page