Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)

Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)

@itspecuz

Tez-tez qaynoq klavishalardan foydalanish ishimiz tezligini oshirishda ko‘mak beradi. Ushbu maqolamizda ko‘pchilik uchun notanish, lekin juda foydali Excel qaynoq klavishalari kombinatsiyalarini keltirdik.

1. Ctrl + ← ↑ → ↓ – ma’lumotlar sohasining chekka qismlariga tezkor o‘tish

2. Alt + Tab – avvalgi ochilgan oynaga o‘tish (dasturdan qat’iy nazar)

3. Ctrl + TabExcel’dagi keyingi ochilgan hujjat (книга)ga o‘tish

4. Shift + ← ↑ → ↓ – muayyan yo‘nalishda belgilash sohasini kengaytirish

5. Shift + probel – satrni belgilash

6. Ctrl + probel – ustunni belgilash

7. Ctrl + Shift + probel yoki Ctrl + A – hujjatni butunlay belgilash (birinchi bosishda faqatgina ma’lumotlar kiritilgan soha, ikkinchi marta bosishda – butun лист belgilanadi)

8. Alt + ; (nuqta-vergul) – ko‘rsatilgan diapazonda ko‘rinib turgan yacheykalarni ajratish (berkitilgan satr va ustunlar ajratilmaydi)

9. Ctrl + Shift + O – barcha izohlarni ajratish

10. Ctrl + . (nuqta) – belgilangan diapazon burchaklari bo‘yicha o‘tish

11. F2 – yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tish

12. F4 – formulaga dollar ($) belgisini qo‘shish (yacheykani tahrirlash rejimida)

13. Ctrl + 1“Формат ячеек” oynasi

14. Ctrl + B – matnni qalinlashritish

15. Ctrl + I – matnni kursivlash

16. Ctrl + Shift + ~ – yacheykaning “Oбщий” formati

17. Ctrl + Shift + 1 – 2ta o‘nlik belgisi (2,00) va razryadlar guruhini ajratuvchisi (1 200,00) bo‘lgan “Числовой” formati

18. Ctrl + Shift + 5“Процентный” formati

19. Ctrl + Alt + V – ko‘chirilgan ma’lumotni maxsus qo‘yish (специальная вставка)

20. Ctrl + D – pastki yacheykaga ustki yacheyka qiymatini nusxalash

21. Ctrl + R – chap tarafdagi yacheyka qiymatini o‘ng tarafdagi yacheykaga nusxalash

22. Ctrl + - (minus) – yacheykalar, satrlar, ustunlarni o‘chirish     

23. Ctrl + + (plyus) – yacheykalar, satrlar, ustunlarni qo‘shish

24. Alt + = (tenglik belgisi) – avtosumma

25. Ctrl + ; (yoki Ctrl + Shift + 4) – joriy sanani kiritish

26. Ctrl + N – yangi fayl yaratish

27. Ctrl + P – chop etish

28. Ctrl + T – jadval yaratish

29. Ctrl + WExcel hujjatini yopish

30. Ctrl + F1 – tasma bo‘limlarini (ленточные вкладки) berkitish

31. Ctrl + PageUp yoki Ctrl + PageDown – Лист’lar o‘rtasida o‘tish

32. Shift + F2 – izoh qo‘shish yoki tahrirlash

33. F4 – oxirgi harakatni takrorlash

34. F11 – Belgilangan yacheykalardagi ma’lumotlar asosida alohida лист’ga diagramma yasash (masalan Диаграмма1)  

35. Alt + цифра – tez murojaat etish panelida mos komandani chaqirish

E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page