EuraAsia SDI – 2023 konferensiyasiochilish marosimida Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovichning kirish so‘zi
Axborot xizmatiHurmatli fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi konferensiyasi ishtirokchilari, hamkor mamlakatlardan kelgan mehmonlar, aziz hamkasblar!
Ma‘ruzamni yer tuzish va geofazoviy aspektlar sohasida faoliyat yuritayotgan barchani o‘tgan 17-noyabr – Xalqaro geografik axborot tizimlari kuni bilan tabriklashdan boshlasam.
Aynan shu oyda, shu kunlarda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida fazoviy ma‘lumotlar va kadastr sohasida tajriba almashish maqsadida ushbu global tadbir bo‘lib o‘tayotgani ramziy ma‘noga ega.
Biz bilamizki, geoinformatsion tizimlar yerni boshqarish, geologiya, meteorologiya, ekologiya, shahar va mintaqaviy boshqaruv, transport, iqtisodiyot, mudofaa va boshqa ko‘plab sohalarda muhim o‘rin tutadi.
Ishonamizki, bugungi tadbir yangi g‘oyalar va samarali hamkorlikni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yer islohoti, kadastr va raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyotga va fuqarolarning hayot sifatiga bevosita taʼsir ko‘rsatishi shubhasizdir.
Shuning uchun qiyosiy bilimlarni olish uchun kadastr, geodeziya, kartografiya va sheriklarimizning fazoviy maʼlumotlari sohasidagi innovatsion yechimlar va yutuqlarni hisobga olish muhimdir.
Hurmatli hamkasblar, bugungi tadbirimiz ochiq muloqotni rivojlantirishga turtki bo‘lib xizmat qilsin, pragmatik saʼy-harakatlar uchun zamin yaratsin, mavjud natijalarni yana-da yaxshilasin, oldimizda turgan kamchilik va to‘siqlarni bartaraf yetsin.
Eʼtiboringiz uchun rahmat.