Etnomadaniyat fanidan “Etnik va ijtimoiy xotira” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Etnomadaniyat fanidan “Etnik va ijtimoiy xotira” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi


Joriy yilning  19  oktyabr sanasida Tarix va madaniy meros fakulteti katta o‘qituvchisi Jo‘rayeva Nafisa Olimovna tomonidan milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 5-1 MG’H-19 va 5-2 MG’H-19 guruh talabalariga Etnomadaniyat fanidan “Etnik va ijtimoiy xotira” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 

Katta o‘qituvchi Jo‘rayeva N. tomonidan ochiq ma’ruza darsi davomida tarixiy ong va tarixiy xotira hozirgi global mafkuraviy tahdidlar omili kuchayotgan dunyoda kishilarda unga o‘z g‘oya va e’tiqodi bilan qarshi tura olish imkoniyatini yaratishi, shu bois tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish hamda rivojlantirishning falsafiy muammolarini tahlil qilish va ochib berish dolzarb vazifa ekanligi, kishilar mushtarakligi tarixiy ong va tarixiy xotira sharofati bilan, o‘z o‘tmishini bilish asosida, o‘zining jahon tarixiy jarayonidagi o‘rnini bilish asnosida o‘zini birlik sifatida anglashi, natijada hozirgi zamonning eng muhim muammolari bo‘yicha munozaralarda doimo o‘tmishga murojaat qilinishi, zamonaviy ijtimoiy nazariyalar hamda mafkuraviy tizimlar o‘tmishni baholash negizida ishlab chiqilishi, o‘tmish bilan hozirgi zamonning uzluksiz aloqasi va vorisiyligi shu tariqa hosil bo‘lishi fakt va raqamlar orqali asoslab berildi.

Darsda faol ishtirok etgan Orziyeva S., Axtamov Sh., Akramova Sh., Panoyeva M., Hamidov M., Tog‘oyeva M., Jamolov A., Dilov Sh. kabi talabalarga kitob sovg‘a qilindi.Dars so‘nggida ma’ruzachi talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Dars talabalarda yuqori taassurot qoldirdi.

Ma’ruzaga kirgan milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari dos.S.S.Raupov, o‘qituvchilar N.Z.Hayotova, F.A.Qalandarova va N.M.Qo‘shshayevalar dars tahlillari asosida ma’ruzachiga o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.


Report Page