#E'tirof

#E'tirof

Yangiyo'l shahar

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-sonli qarori asosida respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilib, olimpiadalar ishtirokchilari g‘oliblari vazirligimiz tomonidan rag‘batlantirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim darajasini aniqlash hamda ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida qo‘shimcha ravishda nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ko‘rik-tanlovlar, fanlar kesimida olimpiadalar tashkil etilgan.

Joriy yilning mart-aprel oylarida “Tabiiy fanlar” bo‘yicha Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Matematika” fani bo‘yicha ingliz tilida Toshkent shahridagi ADJU universiteti tashabbusi bilan 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida olimpiadalar o‘tkazildi. Yangiyo‘l shahar umumta’lim maktablari bitiruvchilari faol ishtirok etib, 15 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va universitetga imtiyozli ravishda o‘qishga kirishga tavsiya qilindi.

1.    Toxirova Dilorom Bahrom qizi – 4-umumta’lim maktabi;

2.    Komilov Sanjar G‘ulom o‘g‘li – 4-umumta’lim maktabi;

3.    Xojiakbarova Nozanin Damir qizi – 13-umumta’lim maktabi;

4.    Kamilxodjayeva Kamila Shuxratovna – 10-umumta’lim maktabi;

5.    Mirjamilov Sardor Jahongirovich – 10-umumta’lim maktabi;

6.    Raximjonov Akromjon Ravshan o‘g‘li – 13-umumta’lim maktabi;

7.    Zaripov Shahram Laziz o‘g‘li – 5-umumta’lim maktabi;

8.    Saitmuxammadov Saitmuxammad Nodirbek o‘g‘li – 5-umumta’lim maktabi;

9.    To‘raboyev Doston Dilshod o‘g‘li – 5-umumta’lim maktabi;

10. Abdujalilov Ilyos Jaxongir o‘g‘li – 5-umumta’lim maktabi;

11. Semenov Damir Ruslanovich – 6-umumta’lim maktabi;

12. Xo‘jamtoyeva Maftuna Baxtiyor qizi – 7-umumta’lim maktabi;

13. Yusupova Ra’no Bobir qizi – 2-umumta’lim maktabi;

14. Axmedov Javohir Shavkat o‘g‘li – 2-umumta’lim maktabi;

15. Shuxratov Islom Baxtiyor o‘g‘li – 1-IDUM.


Report Page