Esselar tanlovi

Esselar tanlovi

Oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga

qaratilgan “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovini

tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur nizom oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim bosqichi

talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar”

respublika tanlovini (keyingi o

‘

rinlarda – tanlov deb yuritiladi) tashkil etish

va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Nizom oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion holatlarning oldini olish,

talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish hamda tanlov yuzasidan ularni

pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni tartibga

soladi.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

3. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning korrupsiya holatlariga

qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion

holatlarga qarshi kurashishdan iborat.

4. Tanlov vazifalari quyidagilardan iborat:

yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

talaba-yoshlarni turli korrupsion holatlarga aralashib qolishining oldini olish;

oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion holatlarni oldini olish;

talabalarga oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish

hamda mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli talabalarni har tomonlama

qo‘llab-quvvatlash;

tanlov boʻyicha talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish;

yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual

salohiyatli, Vataniga sadoqatli komil inson qilib tarbiyalash.

III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari

5. Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar”

respublika tanlovi bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari o‘rtasida quyidagi uch2

bosqichda (oliy ta’lim tashkiloti, hududiy (yoki mintaqaviy) saralash va respublika)

tashkil etiladi:

a) oliy ta’lim tashkiloti bosqichi – oliy ta’lim tashkilotida tanlovda ishtirok

etish istagini bildirgan talabalar o‘rtasida nizomda belgilangan mavzu asosida joriy

yilning 15-17-may kunlari tashkil etiladi va Hakamlar hay’ati tomonidan

baholanadi;

b) hududiy (yoki mintaqaviy) saralash bosqichi – oliy ta’lim tashkiloti

bosqichida faqat 1-o‘rinni egallagan talabalar o‘rtasida nizomda belgilangan mavzu

asosida joriy yilning 19-20-may kunlari tashkil etiladi;

d) respublika final bosqichi – tanlovning hududiy (yoki mintaqaviy)

saralash bosqichida talabalar tomonidan yozilgan ijodiy ishlar o‘rtasida joriy yilning

22-24-may kunlari tashkil etiladi va Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

6. Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba

va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi (keyingi

oʻrinlarda – Tashkilotchi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.

7. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun oliy ta’lim

tashkiloti bosqichida ishchi guruhlari hamda respublika bosqichida Respublika

tashkiliy qo‘mitasi mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, ishtirokchilarning ijodiy

ishlarini shaffof va adolatli baholash maqsadida soha mutaxassislari

va professor-o‘qituvchilardan iborat Hakamlar hay’ati tarkibi shakllantiriladi.

8. Tanlovning oliy ta’lim tashkiloti bosqichi tanlovda ishtirok etish istagini

bildirgan talabalar uchun tashkil etilib, ishchi guruhi tomonidan talabalarga

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida esse yozish topshiriladi

va baholanadi.

9. Oliy taʼlim tashkiloti bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlov

oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma hamda pasporti (nusxasi)ni taqdim

etganidan keyin tanlovning hududiy (yoki mintaqaviy) saralash bosqichida ishtirok

etadi. Ishtirokchilarga “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida esse

yozish topshiriladi.

10. Tanlovning hududiy (yoki mintaqaviy) saralash bosqichi boʻlib oʻtadigan

manzili vazirlikning rasmiy xati orqali oliy taʼlim tashkilotlariga maʼlum qilinadi

hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida belgilangan

joylarda boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchi talabalar tomonidan yozilgan esse daftarlari (ijodiy ish yozilgan

12 varaqli daftar ustiga oliy taʼlim tashkiloti nomi talabaning ism-familiyasi3

va kursi toʻliq yoziladi) tashkilotchi tomonidan biriktirilgan masʼul ishtirokida

yozilgan esselar yigʻib olinadi va respublika bosqichiga taqdim etiladi.

11. Tanlovning respublika bosqichida Hakamlar hayʼati tarkibi tuziladi

va saralashda ishtirok etgan ishtirokchi talabalar yozgan esselar Hakamlar hayʼati

tomonidan tekshirilib baholanadi hamda ballar ketma-ketligida gʻoliblar aniqlanadi.

12. Hakamlar hayʼati tomonidan qabul qilingan qarorni muhokama etishga

yoʻl qoʻyilmaydi.

13. Esse yozish uchun tanlovning barcha bosqichlarida ikki yarim soatgacha

vaqt ajratiladi.

14. Respublika bosqichida ishtirok etgan ishtirokchilarning yozgan esselari

6 oy davomida saqlanadi.

V. Tanlovning shartlari va baholash mezonlari

15. Tanlov ishtirokchilari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari bo‘lishi

kerak.

16. Tanlovda ishtirokchilar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida (12 varaqli

muhrlangan daftarga) esse yozishlari mumkin.

17. Esselar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi – 25 ball;

mavzuga oid mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha

takliflar – 25 ball;

imloviy savodxonligi, so‘z boyligi va uslubiy mahorati – 25 ball;

amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan shaxsiy munosabatning

va ular bo‘yicha xulosaviy fikrlarning mavjudligi hamda ularni ifoda etish

mahorati – 25 ball;

18. Esselar Hakamlar hay’ati tomonidan tekshiriladi va 100 ballgacha

baholanadi.

VI. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

19. Tanlovning oliy ta’lim tashkiloti bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan

ishtirokchilar oliy ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan faxriy yorliq va esdalik

sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

20. Tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plab,

1-

, 2-

, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

vazirligi tomonidan vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish

jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (daromad solig‘i bilan qo‘shib hisoblangan)

quyidagi tartibda:4

1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;

2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;

3-o‘rin – 4 000 000 so‘m pul mukofotlari, diplom, statuetka va gullar bilan

taqdirlanadi.

21. Tanlov g‘oliblari soni (har bir o‘rin bo‘yicha) 2 va undan ortiq bo‘lganda

pul mukofotlari g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

22. Tanlovning respublika bosqichiga kelib tushgan barcha ijodiy ishlarning

mualliflariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan elektron

sertifikat beriladi.

VIII. Yakuniy qoidalar

23. Tanlov natijalari ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib

boriladi.

24. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar Respublika tashkiliy

qo‘mitasiga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

25. Respublika tashkiliy qo‘mitasi qaroriga asosan tanlov nizomiga

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

26. Ishtirokchilarning tanlov bilan bog‘liq (kelib-ketishi, ovqatlanishi

va boshqa) xarajatlari oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari

hisobidan qoplanadi.

27. Tanlovning barcha bosqichlarida xizmat safari bilan bogʻliq sarf-xarajatlar

xodimning asosiy ish joyidan qoplanadi.


Report Page