Esse qanday yoziladi?

Esse qanday yoziladi?


Kirish:

Bu qismda esse mavzusi tanishtiriladi.

Masalan: Ushbu esseda ixtiyoriy mavzu(plastik idishlardan foydalanishning atrof-muhitga taʼsiri)ni muhokama qilamiz.


Fikr berish:

Essening bu qismida siz mavzu yuzasidan oʻz qarashlaringizni ifodalashingiz kerak.

Masalan: Mening fikrimcha, plastik idishlar kabi qayta ishlanadigan mahsulotlardan foydalanish resurslarni tejashga va chiqindi miqdori oshib ketmasligiga xizmat qiladi.


Solishtirish va farqlash

Bu qismda siz oʻz qarashlaringizdan farq qiladigan fikrlar yaʼni masalaning ikkinchi tomonini keltirasiz.

Masalan: Plastik idishlarning atrof- muhitga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir koʻrsatmayotgani ularning mutlaqo foydali ekanini anglatmaydi. Chunki bu kabi mahsulotlarning kimyoviy taʼsiri ancha ayanchli.


Natijani ifodalash

Ushbu qismda siz umumiy bir toʻxtamga kelib, oʻzingiz tarafdori boʻlgan fikrni natija sifatida keltirasiz

Masalan: Natijada bizga oddiy, hatto, foydalidek koʻrinayotgan jarayonlar ortida misli koʻrilmagan salbiy oqibatlar turgan boʻlishi mumkin.


Misollar keltirish

Essening bu qismida siz hayotiy misollar keltirish orqali mavzuni yanada yaxshiroq ifoda etasiz.

Masalan: Oʻzingiz bir oʻylab koʻring, plastik idishlardan bir umr qayta ishlash yoʻli bilan foydalanish imkonsiz. Plastiklar batamom yaroqsiz holga kelgach ularni yoʻq qilib tashlash koʻproq xarajat talab qiladi. Shuning uchun yirik kompaniyalar yaroqsiz plastiklarni albatta oʻrmon va okeanlarga tashlab yuboradi.


Qoʻshimcha qilish

Bu qismda siz mavzuga bevosita aloqador deb bilgan (garchi ular oʻzingizniki boʻlmasa ham) gʻoya, fikr va qarashlarni qoʻshimcha sifatida keltirishingiz mumkin.


Taxminiy yechimlar taklif etish

Ushbu qismda siz essedagi muhokamali mavzu yuzasidan oʻz yechim va takliflaringizni berasiz.

Masalan: Plastik idishlardan foydalanishga qoʻyilgan cheklov yoki shunga oʻxshash qatʼiy choralar doim ham samarali yoʻl boʻlmasligi mumkin. Balki yaxshiroq targʻibot orqali odamlarni bundan voz kechishga undash mumkindir.


Xulosa

Xulosa – essening yakunlovchi qismi. Bunda siz butun essedagi qarashlaringizni tugal bir fikr bilan ifodalashingiz kerak.

Masalan: Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, plastik idishlarning foydasi boʻlgani kabi koʻrinmas zarari ham bor. Hatto, koʻlami jihatdan anchagina katta zarar keltiradi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



 

Report Page