Eskimo tort🍮

Eskimo tort🍮


Biskvit uchun:

Tuxum 2 ta

Tuxum oqi 4 ta (sariqlarini qaymoq uchun saqlang)

Shakar 250 g

Smetana 220 g

Pishirish sodasi 1 ch.q

Kakao 35 g

Un 220 g

O’simlik yog’i 3 osh qoshiq


Qaymoq uchun:

Tuxum sarig’i 4 ta

500 ml

Sut 200 g

Shakar 10 g

Vanil shakar

Makkajo’xori kraxmali 2 osh.q

Un 2 osh qoshiq

Sariq yog’ 250 g


Glazur uchun:

Sutli shokolad 120 g

Qaymoq 33% 100 ml

Sariyog’ 1 osh qoshiq


Ikki tuxumni shakarning yarmi bilan ko’piklanguncha ko’pirtiring, so’ngra smetana( @samiya_uzbekistan )qo’shing va quruq masalliqlarning yarmini elang, so’ngra 4 ta tuxum oqini qolgan shakar bilan pic holatga keguncha ko’pirtiring, tuxum oqlarini silikon spatula bilan qo’shing va xamirni sekin aralashtiring, so’ngra qolgan quruq masalliqla va yogni’ qo’shing va qolipni ham yog’lang (mening qolipim o’lchami 25 sm), xamirni quying va 180° darajada qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa pishiring.


Qaymoq uchun sariyog’dan tashqari barcha masalliqlarni kastryulkada aralashtiring! O’rtacha olovda qaynab turgan holga keltiring, to’xtovsiz aralashtirib turing. Aralashma yaxshilab quyuqlashadi. Keyin, to’liq sovutish uchun chetga qo’ying yoki undan ham yaxshisi, oziq-ovqat plyonkasi bilan yopilgan holda bir soat davomida sovutgichga qo’ying. Keyin, yumshatilgan sariyog’ni alohida ko’pirtiring va asta-sekin krem ​​​​asosini qo’shing. Shunda qaymoqli muzqaymoq hosil bo’ladi.

Biskvitni sovutib, qolipdan yechib oling, ustini tekislash uchun biroz kesib oling va shirin sut yoki shirin suv bilan propitka qiling. Qolip ichiga selekon paket kiyg’izishni unutmang. Biskvit ustidan selekon yordamida krem quyib tekislang va glazurni quyib, 3-4 soatga sovutgichga qo’ying😋


Report Page