"Ertaklar olamiga sayohat" shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi.

"Ertaklar olamiga sayohat" shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi.

YANGIOBOD_TAKM


Jizzax viloyat Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ko'zmunchoq" nomli nodavlat DMTTga tashrif buyurib, "Ertaklar olamiga sayohat" shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ‘ibotda jahon va o‘zbek xalq ertaklaridan Tadbirli ayol, Akamning ertaklari, Atlas kiygan kapalak, Ertaklar yaxshilikka yetaklar, Ur to`moq, Ertaklar avtobusi va shu kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Targ‘ibotda 24 nafar kitobxonlar qatnashdi.


Report Page