Ertaklar olamiga sayohat ''Zumrad va Qimmat'' ertagi bolajonlar uchun tarbiya o'chog'i bo'lib xizmat qiladi.

Ertaklar olamiga sayohat ''Zumrad va Qimmat'' ertagi bolajonlar uchun tarbiya o'chog'i bo'lib xizmat qiladi.


Ertaklar yaxshilikka yetaklar deb bejizga aytishmagan. Bolaligimizdan ertaklar eshitib katta bo`lganmiz. Ertaklar zamirida bizni mardlikkka , rostgo`ylikka , ota onalar hurmati kabi qadriyatlarimiz yotibdi. Ushbu ertaklar orqali yomonlikning oxiri voy bo`lishi hech qachon yomon yo`l bilan ortirilgan boylik yaxshilik keltirmasligi bizga tushuntirilgan bo`ladi.Mana shunday ezguliklar g'oyasi atrofida birlashgan Romitan tumanidagi 10-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bolajonlar uchun "Zumrad va Qimmat"ertagini sahnalashtirdilar

Sogʻlom bolaning shakllanishida nafaqat jismonan sogʻlomlik, balki fikran sogʻlomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sogʻlom fikrlilikka chorlash degani ana shu sogʻlom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tadbiq qilish orqali singdirishdir. Biz shundagina har tomonlama sogʻlom bolaning shakllanishida toʻgʻri yondoshgan boʻlamiz. Xalq ogʻzaki ijodi namunalari qadimiyligi, taʼsirchanligi bois bolalar tarbiyasida eʼtiborli va ishonchli manbaalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar hayotiga tabiiy ravishda olib kirish lozim. “Toʻgʻrivoy va Egrivoy”, “Zumrad va Qimmat”, “Sher ila Durroj”, “Sohibjamol qoʻgʻirchoq”, “Yoʻl va bolalar”, “Sumalak – ming bir tilak”, “Susambil”, “Hunarmand shahzoda”, “Farrux va Zumrad”, “Alpomish” kabi milliy ertaklarimiz fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Ular mehnat, poklik, kattalarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni bola qalbiga sahna ko'rinishi  orqali singdiradi.


Romitan maktabgacha ta'lim matbuot xizmati




Report Page