“Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish” bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida Moliya vazirligi ishtiroki
MoliyaPress14-noyabr kuni Toshkent shahrida Maktabgacha ta'lim vazirligi va YUNESKO ko‘magida Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta'lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiya doirasida ilk tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 1500 dan ortiq ishtirokchilar maktabgacha taʼlimning kelgusi 10 yillik kun tartibini muhokama qilish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurishdi. Xususan, kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishi uchun kun tartibini ilgari surishga qaratilgan neyrofanlar, texnologiyalar va sun’iy intellekt, innovatsion o‘qitish usullari va makonlarini ishlab chiqish kabi mavzularda qizg‘in muhokama va ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda siyosat, boshqaruv va moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan sessiyada Moliya vaziri Timur Ishmetov so‘zga chiqib, O‘zbekistonga o‘xshash iqtisodiy va demografik xususiyatlarga ega mamlakatlarning inson kapitalini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlari, davlatlar yosh avlod uchun to‘laqonli va sifatli ta’lim olish uchun maksimal imkoniyatlar ta’minlanishi muhimligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, barqaror rivojlanishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblangan davlat ta’minoti, adolatli va sifatli ta’lim va hayot orqali ta’lim olishni rag‘batlantirish borasidagi imkoniyatlarga urg‘u berib o‘tdi. Buning uchun iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirish sohasida boshqa davlat manfaatlari uchun kredit resurslari va xususiy kapitalni jalb qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarning mavjudligi, shu bilan birga yoshlarni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishga o‘rgatishning yagona yo‘li bu kasbiy qobiliyatga ega bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tdi. Kelgusida yoshlar bilan hamkorlikda yangi texnologiyalarni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish mumkinligiga qaratilgan masalalar tahlili haqida ham so‘z yuritdi.
Davlat tomonidan tegishli infratuzilmani yaratish va qamrovni yanada oshirish uchun sohaga xususiy sektorning jalb qilinishi yuzasidan atroflicha to‘xtalib, mamlakatimizda ta’lim sifatini (mazmuni va pedagogik salohiyatini) ta’minlash va yaxshilash, xususiy sheriklikni subsidiyalash uchun alohida e’tibor qaratish lozimligi va davlat budjeti mablag‘larini kengaytirishni davom ettirishning muhimlilik darajasi, shuningdek, maktabgacha ta’limni moliyalashtirish va boshqarishni raqamlashtirish va soddalashtirish orqali ajratilgan mablag‘lar samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda Davlat budjetining 50 foizi yoki YaIMning qariyb 10 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Maktabgacha ta’limning davlat budjeti xarajatlaridagi ulushi (3,7% dan 6% gacha), YaIMdagi ulushi (0,6% dan 1,2% gacha) ikki baravarga oshgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati