Erondagi vaziyat sabab Uzbekistan Airways’ning parvoz yo‘nalishlari o‘zgarishi mumkin

Erondagi vaziyat sabab Uzbekistan Airways’ning parvoz yo‘nalishlari o‘zgarishi mumkin

Uzbekistan Airways’ning bir qator yo‘nalishlarida favqulodda o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ning Uzbekistan Airways …


Foto: Uzbekistan airways

Eron va AQSh o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat hamda Tehronda “Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Boeing 737 samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng bir qator aviakompaniyalar Eron havo kengliklarini aylanib o‘tishini ma’lum qildi.

Uzbekistan Airways BAAning Dubay va Sharja, Saudiya Arabistonining Jidda shaharlariga Eron havo hududi orqali parvoz qiladi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra aynan shu yo‘nalishlarning uchish trayektoriyasi o‘zgarishi mumkin.


Toshkent—Dubay yo‘nalishi trayektoriyasi.

Foto: Flightradar24

“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, parvoz yo‘nalishini o‘zgartirishdan oldin uchish trayektoriyasi o‘tishi mumkin bo‘lgan davlatlar bilan muzokara olib borish zarur.

2019-yilning fevral–mart oylarida Hindiston bilan mojaro tufayli Pokiston o‘z havo hududini barcha tranzit reyslari uchun yopgandi. O‘shanda Uzbekistan Airways samolyotlari Hindiston (Deli, Amritsar, Mumbay), shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlari (Bangkok, Kuala-Lumpur, Singapur)ga borish uchun Pokiston havo hududini aylanib o‘tib, Turkmaniston va Eron orqali borishga majbur bo‘lgandi. Oqibatda parvoz vaqti uzayib, yo‘l uchun sarflanadigan yoqilg‘i xarajati ham ortgandi.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni, Tehrondan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Eron samolyot dvigatellardan birining yonib ketishi oqibatida qulaganini ta’kidlagan edi.

Avvalroq eronlik internet faoli Narimon G‘arib Twitter’dagi sahifasida “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737 samolyotiga ehtimoliy raketa kelib urilishi aks etgan videoni e’lon qildi.

Daryo.uz

http://t.me/Sizdan_maktub



Report Page