Erkakka nafrat

Savol:
Yaqinda shuni tushundimki, erkaklarni sevish u yoqda tursin, ularni ko’rishga ko’zim yo’q. Men onamning erkaklarga nisbatan nafratini me’ros qilib olganman. Erkak meni yoqtirib qolib yonimga kelsa, men uzoqlashaman, bu esa uni quvishga undaydi. Men o’ynayotgan bu o’yin juda xunukdir. Iltimos ongimdagi bu “ahlat”ni tashlashimga va erkakninng sevgisini, sovg’alarini va go’zalligini ko’ra olishimga yordam bering.
Javob:
— Agar siz rosdan ham bu ahlatni tashlamoqchi bo’lsangiz, shuni anglashingiz kerakki, onangiz mana shu “ahlatning” ichida va bu sizga azob beryabdi. Onangizning tushunchasi sizni ham zaharlagan. Hayotingizdagi muammolarning deyarli to’qson foizi onangiz ta’siridandir, chunki siz onangiznig qornidan rivojlanishni boshlagansiz. Siz uning qornidalik paytingizdayoq uning kayfiyati va emotsiyalari sizga ta’sir qilib turadi. Agar ona tinimsiz jahldor, xafa, umidsiz, qo’rqqan holatda bo’lsa; agar u farzand ko’rishni xoxlamasa, ammo erkak bunga uni majbur qilsa; agar u farzandni xoxlamay, ammo qornida ko’tarib yurgan bo’lsa, bularning barchasi bola miyasining boshlang’ich to’qimalariga ta’sir qiladi. Bola shakllanish jarayonida, u nafaqat onaning tanasi va qoni ta’sirida, balki uning ruhiy holati ta’sirida ham shakllanadi.
Shuning uchun agar ayol homilador bo'lsa, u juda ehtiyotkor bo’lishi kerak, chunki uning ichida yangi hayot shakillanmoqda. U qiladigan har bir ish— eri, qo’shnilari, umuman yonidagi istalgan odam bilan janjal, uni qo’rqitadigan har bitta sabab— barchasi bola miyasining ildizlarini zaharlaydi. Bola tug’ilmasidan oldin allaqachon zaharlanib bo'ladi.
Onangiz eridan norozi yagona ayol emas. Juda ko’p ayollar erlaridan norozilar. Erlar bilan ham xuddi shunday; ularning ko’pchiligi xotinlaridan norozi. Ammo erkakning noroziligi bolaga ko’p ta’sir qilmaydi, chunki bola ayolning qornida, erkakning emas, u ayolning soyasi ostida rivojlanmoqda. Erkak vaqti vaqti bilan keluvchi rolida bo’ladi. Ertalab u bolaning peshonasidan silab, o’padi va ishga ketadi. Kechda esa u uyga kelib bola bilan biroz gaplashishi mumkin; bola esa butun kun onasidan hamma narsani o’rganadi.
Shuning uchun barcha tillarga “ona tili” deb nisbat beriladi, chunki agar ona shu yerda ekan otaga bola bilan gaplashishga imkon yo’q. Ona gapiradi, ota eshitadi— bola onadan gapirishni o’rganadi. Ammo bu faqat gapirishni o’zigina emas, uning barcha xulq-atvorinini ham o’zlashtiradi.
Ammo biz yashab kelayotgan hayot shu vaqtgacha erkaklar tomonidan boshqarilib kelinadi. Bu erkaklar tomonidan barpo etilgan jamiyatda asrlar davomida ayol uchun joy yo’q. Shunday bo’lsa ham ayollar boshqa ayollarga nisbatan hamdard emasligi juda g'alati. Ammo ularning aqllari ham shunday shartlashtirilganki, ular erkaklarga hamdardlik bildiradilar.
Vaqti-vaqti bilan savol beruvchimizda bo’lgani kabi barcha ayollar ich-chidan onasining xis-tuyg’ularini olib yurganini sezib qoladilar. Ona erkakka qarshi edi— va nega shunday bo’lmasligi kerak; bunga yetarlicha aniq sabablar bor. Bu mutlaqo asosli, bu insoniyat rivojiga yordam bermaydi, yaxshi kelajak yaratmaydi.
O'tmish o'tib bo’lgan. Siz erkaklarga yangi ko'zlar bilan qarashni boshlashingiz kerak - va ayniqsa, bu yerda, bizning butun kuchimiz shartli munosabatlarni ochib berishga, o'zimizni gipnozdan chiqarishga qaratilgan. Siz olib yurgan barcha axlatlarni tashlashingiz kerak; o'z tushunchangizga, o'z fikringizga ega bo'lishingiz uchun yuksiz, yengil bo'lishingiz kerak.
Va bu jamiyatda ayollarga ta’lim berilmaydi. Siz moliyaviy tomondan mustaqil bo’lishingiz mumkin— va istalgan erkak kabi ziyoli bo’lishingiz mumkin. Erkaklarga nisbatan jahlni olib yurishga xojat yo’q. Agar onangiz erkalardan norozi bo’lgan bo’lsa, ehtimol u bu borada ta’lim olmagandir— siz xabardor bo’lgan narsalardan uning xabari bo’lmagandir, ehtimol u moliyaviy mustaqil bo’lmagandir. U ochiq osmonda uchishni xohlagandi, lekin qamaldi. Siz esa qamoqda emassiz.
Shu meni Hindiston aholisining katta qismi bilan kelisha olmasligimga sabab bo’ladi. Ya’ni erkaklar meni tinglashni xoxlamaydilar, chunki mening gaplarim ularning hukmronligiga, ularning kuchiga qarshi qo’yiladi. Ayollar esa meni tushuna olmaydilar, chunki ularning ko’pchiligi ta’lim ko’rmagan. Ular meni tushungan taqdirda ham moliyaviy tomondan mustaqil emaslar, ular erkaklarning boshqaruvlariga qarshilik qilolmaydilar. Hindistonning juda ko’p qismida ayollar erkinligiga qaratilgan hech qanday harakat yo’q — xatto bu haqda gap ham yo’q. Hech bir ayol erkinlik mumkinligi haqida o’ylamaydi. U butun umidini yo’qotgan.
Ammo sizning vaziyatingiz boshqacha. Siz ayollar ta’lim olishi mumkin bo’lgan mamlakatdan kelgansiz, ta’lim esa ayolni moliyaviy mustaqil qila oladi. Agar istamasangiz siz faqat uy bekasi bo’lib qolmasligingiz mumkin.
Nikoh mutlaqo shaxsiy ishga aylantirilishi kerak, toki hech kim unga aralasha olmasin.
Siz mutlaqo onangiz bilan bir xil joyda emassiz, shunday ekan uning noroziligini olib yurishga asos yo’q. Shunchaki uni kechiring va unuting, chunki agar siz erkaklarga nisbata o’sha jahlni olib yursangiz siz o’zingizni hech qachon to’liq xis qilmaysiz. chunki ayol yoki erkak o’zini to’liq xis qilmasa, qo’rquvda bo’lsa seva olmaydi.
Bu hozirgi shafqatsiz siklni yaratyabdi. Sizning jahlingiz sizni sevishdan to’smoqda, chunki sevgi jahlni tashalash va hozirgi holatga qarama-qarshi yo’nalishda yashashni bildiradi— jahl qilish o’rniga seving, nafratlanish o’rniga seving. Bunday kvant sakrashi uchun jasorat kerak. Shafqatsiz doira shundayki, siz g'azablangan holatingiz tufayli erkaklarni sevolmaysiz va erkaklarni seva olmaganingiz uchun siz tobora ko'proq xafa bo'lasiz va umidsizligingiz sizni yanada g'azablantiradi — mana shu shafqatsiz doiradir. G'azab umidsizlikni keltirib chiqaradi; umidsizlik sizni ko'proq g'azablantiradi, erkaklarga qarshi zo'ravonroq qiladi. Bu ko'proq g'azabni keltirib chiqaradi va aylana chuqurroq va chuqurroq bo'lib boradi. Undan chiqish deyarli imkonsiz bo'lib qoladi.
Siz eng boshidan boshlashingiz kerak. Birinchi qiladigan ish shuki, onangiz boshqacha sharoitda yashagnini tushunishga harakat qiling. Ehtimol uning g’azabi o’rinlidir. Sizning vaziyatingiz esa boshqacha va miyangizda onangizning timsolini olib yurish shunchaki asossizdir. Siz o’z hayotingizni yashashingiz kerak; siz onangizning hayotida yashayotganingiz yo’q. U azob chekdi; nega endi dunyoda yanada ko'proq azob chekishni xohlaysiz? Nega qurbon bo'lishni xohlaysiz?
Onangizga rahm-shafqatli bo'ling— men onangizdan sizga shunday namuna bo’lgani uchun g’azablanishingizni aytmayman. Bu yana sizni g'azabda ushlab turadi, faqat g’azab nishonini erkaklardan onaga o'zgartiradi. Yo'q, siz g'azabni butunlay tashlab qo'yishingiz kerak. Onangiz mehringizga muhtoj; u azob chekgan bo'lsa kerak va bu uning ichida g'azabni keltirib chiqardi. Lekin siz azob chekmaysiz. Siz jahlingizni bir chetga surib, erkaklarga yangicha qarashingiz mumkin. Agar avvalgi ota-bobolar ayollarni azob-uqubatlarga duchor qilgan bo'lsalar, hozirgi erkaklar buni yuvib tashashga qodir emas. Nima bo'lgan bo’lsa, sodir bo'ldi. Endi ular oldingi erkaklarning ayollarga qilgan ishi uchun qalblarida chuqur kechirim his qilishlari mumkin holos. Bu turdagi erkaklar boshqa toifadagi odamlardir.
Men o'tmish bilan ifloslanmagan, o'tmishdan uzilib qolgan yangi turdagi insonning paydo bo'lishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilaman. Bu qiyin ish; Bu deyarli boshimni devorga urganga o'xshaydi. Ammo men urishni davom ettirishga qaror qildim — men boshimga ishonaman! Va devor juda qadimiy va eski. Bu menga zarar yetkazishi mumkin, lekin bir kun qulab tushishi kerak; uning vaqti tugadi. U allaqachon o’z umridan ko'proq yashadi.
Shunday qilib, ko'proq meditatsiya qiling va onangizning ovozi sizning fikringizda gapira boshlaganida xushyor bo'ling. Sekin-asta bu ovozni uhlatib qo’ying. Unga quloq solmang; bu butun hayotingizni buzadi. Siz sevishni o'rganishingiz kerak. Va erkak sevilgan bo'lsa,
odobliroq, xushmuomalaroq janobga aylanadi. U qirralarini yo'qotadi, yumshoqroq bo'ladi. Sevgi orqali ayol gullashni boshlaydi; aks holda u yopiq kurtak bo'lib qoladi. Faqat muhabbatda, ishq quyoshi chiqsa, gul gulbarglarini ochadi. Faqat sevgida uning ko'zlarida boshqacha chuqurlik, boshqacha porlash boshlanadi; uning yuzida quvonchli ko'rinish paydo bo'ladi. U sevgi orqali chuqur o'zgarishlarga ega; u kamolotga keladi.
Shunday ekan, onangiz ongsiz ravishda sizga bergan timsoldan xalos bo'ling. Siz buni ongsiz ravishda qabul qilgan edingiz. Undan qutulishning yo'li — buni anglashdir. Bu siz ahlatni tashlashingiz uchun yaxshi boshlanishdir. Bu onglilikning boshlanishi – faqat alifbosi. Fikringizni butunlay o'zgartirish, yangicha, shartlanmagan, ochiq va toza munosabatda bo'lish uchun uzoqqa borishingiz kerak.
Va bu shartlilik (timsol) tufayli siz xunuk o'yinni o'ynadingiz,— qachonki kimdir o'z sevgisi bilan yoningizga kelsa, siz qochib ketdingiz, bu tabiiy ravishda uni sizni ta'qib qilishga undaydi. Siz zavqlanasiz, u sizni ta'qib qilmoqda. Har bir ayol bundan zavqlanadi. Bu xunuk chunki siz buning chuqurroq oqibatlarini bilmaysiz. Bu siz o'lja ekanligingizni anglatadi; erkak o'vchi va u o'ljani ta'qib qilmoqda. Siz bilmagan holda erkaklarga ustunlik bo’lishiga yo'l qo'yapsiz. An'anaga ko'ra, sevgida tashabbus ayollar tomonidan emas, balki erkaklar tomonidan amalga oshirilishi kerak; bu ayolning inoyatiga (asl ayollikka) ziddir. Bularning barchasi chirigan g'oyalar — nega boshidan ikkinchi raqam bo'lish kerak? Agar siz erkakni sevsangiz, nega kutishingiz kerak? Men ko'p yillar davomida kutgan ko'plab ayollarni bilaman, chunki ular erkakning tashabbusni o'z qo'liga olishini xohlashdi. Lekin ular tashabbus ko'rsatmoqchi bo'lmagan erkaklarni sevib qolishgan.
Men Bombeyda J. Krishnamurtini sevib qolgan bir ayolni bilaman. Butun umri davomida u turmushga chiqmay, J. Krishnamurtini tashabbus bildirishini kutdi. U eng go'zal ayollardan biri, lekin J. Krishnamurti o'z ichida to'liq, uni to'ldirish uchun boshqa hech kim kerak emas. Shubhasiz, u hech qachon tashabbus ko'rsatmagan. Va ayol, ming yillar davomida jamiyat qo’ygan shartlardan oshib o’tib, albatta, tashabbus ko'rsata olmadi; bu ayollik inoyatiga qarshi, ya'ni "ibtidoiydir".
Ayol erkakning tashabbusni o'z qo'liga olishini kutish uchun haqiqatan ham hech qanday sabab yo'q. Agar ayol kimgadir mehr-muhabbat sezsa, u tashabbusni o'z qo'liga olishi kerak, agar erkak istamasa, o'zini kamsitilgan his qilmasligi kerak. Bu ularga tenglik beradi. Bu ayollarning ozod bo'lishiga imkon beradigan kichik narsalar. Ammo ayol har doim "o'lja" bo'lishiga bog'lanib qolgan. U erkakni o'ziga tortadi, u uni har tomonlama o'zining go'zalligi, kiyimi, parfyumeriyasi, soch turmagi — boshqara oladigan hamma narsasi bilan o'ziga jalb qilishga harakat qiladi. U erkakni o'ziga tortadi va biror marta erkak o'ziga tortilsa, u qochib ketadi. Lekin shunda ham tez yugurmaydi. U o‘sha odam kelyaptimi yoki yo‘qmi, deb orqasiga qarab ham qo'yadi. Agar u juda orqada qolsa, u kutadi. U yana yaqinlashganda, yugura boshlaydi.
Bu ahmoqlik; sevgi toza ifodalanishi kerak. Siz kimnidirni sevasiz, izhor qilasiz va unga aytasiz: "Siz "ha" deb javob berishga majbur emassiz”; sizning “yo'q” javobingizni mutlaqo hurmat qilinadi. Bu shunchaki mening xohishim. Menga beixtiyor "ha" deyishning hojati yo'q, chunki siz ham menga muhabbat his qilmasangiz, bu xavfli. Shundagina bizning hayotimiz butun bo’lishi mumkin."
Sevib qolgan ayol va erkak meditatsiyaga juda oson o'tishlari mumkin. Meditatsiya va sevgi shu qadar yaqin hodisalarki, agar siz meditatsiyaga o'tsangiz, sevgi energiyangiz to'lib toshib keta boshlaydi. Agar siz haqiqatan ham sizni sevadigan odamni sevib qolsangiz, meditatsion energiyangiz o'sishni boshlaydi; ular juda chuqur birlashtirilgan hodisalardir. Shuning uchun men ikkalasini ham yoqlayman.
Osho
@Paruk_Pilo