Erkak Sevgisi
Savol: Men xotinimdan boshqa ayollarga qiziqib qolaman. Ammo xotinim boshqa erkaklar bilan qiziqsa, men juda rashk qilaman, qo'rqinchli olovda yonaman.
Erkaklar har doim o'zlari uchun erkinlik yaratdilar, lekin ular ayollarni cheklashgan. Erkaklar ayollarni uyning to'rt devoriga qamab, o'zlari doimo erkinlikda yashashgan. Lekin o'sha kunlar o'tib ketdi. Endi ayol siz kabi mustaqil. Agar siz rashkda kuyishni istamasangiz, faqat ikkita yo'l bor.
Birinchidan, o'zingizni istaklaringizdan voz keching. Istak bo'lmasa, rashk ham bo'lmaydi. Va yana bir yo'l, agar istaklardan xalos bo'lishni istamasangiz, hech bo'lmaganda boshqalarga o'zingizdagi narsalarni berolishing kerak. Bu jasoratni toping.
Men sizni Istaklardan xalos bo'lishingizni hohlar edim. Agar siz bir ayolni tanigan bo'lsangiz, barcha ayollarni tanigan bo'lasiz. Agar bir erkaklarni tanigan bo'lsangiz, barcha erkaklarni tanigansiz.( bu yerda ayol va erkak tanish, ayollarga va erkaklarga xos sifatni bilish ma'nosida tashqi ko'rinish va jinsga aloqasi yo'q. Farqlar faqat tashqi ko'rinishda bo'ladi. Kimki bir ayolni bilgan taniyolgan bo'lsa va boshqa barcha ayollarni bilmasa, u ongsiz ravishda yashayotgan inson bo'lasiz.
Ongsiz odam hatto son-sanoqsiz ayollar bn yashab muloqot qilish orqali ham, u ayolni taniy olmaydi. U hech qachon bilmaydi. Bilish ongli darajada sodir bo'ladi u esa ongsizdir. U doimo ayollarni ta'qib qiladi, birini tashlab, boshqasini ta'qib qiladi.
Va, albatta siz yonasiz, chunki bu erkaklik egosi sizni bezovta qilmoqda. Siz uchun boshqa ayollarga qiziqsangiz juda yaxshi, buning hech qanday yomon joyi yo'q, albatta, bu faqat erkakning hiylalari! "Ayol faqat bitta erkak bilan qanoatlansin!" Va o'sha odam sizsiz, lekin siz ayoldan qanoatlanmaysiz, siz erkaksiz, ko'proq erkinlik bo'lishi kerak.
Xotiningiz ham xohlagancha erkinlik va mustaqillikka ega. Va agar siz ayolingizning boshqa erkaklarga qiziqishi noto'g'ri ekanini ko'rsangiz, unda sizning boshqa ayollarga bo'lgan qiziqishingiz ham haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Xotiningiz nima qilishini xohlasangiz, avval o'zingiz shu ishni qilishingiz kerak.
Ayollarni ta'qib qilish istaklaridan voz keching. Men sizga shuni aytamanki, ayollar erkaklar kabi shahvoniy emaslar. Ayollarda o'zgacha bo'ysunish tuyg'usi, alohida sadoqat, vijdon va ma'lum bir ishonch bor.
Erkakning sevgisi yuzaki; Uning chuqurligi yo'q; Bu faqat sirtda. Erkakning hayotida sevgi yagona narsa emas, boshqa juda ko'p narsalar mavjud. Ayol sevgisida sevgi hamma narsadir; Boshqa barcha narsalar sevgidan uning ichida mavjud. Erkak hayotida esa boshqa ko'plab o'lchovlar mavjud; Sevgi bu o'lchovlardan biridir holos.
Ayolning hayotida boshqa o'lchov yo'q, uning hayotining barcha funktsiyalari va qirralari sevgiga kiradi.
Erkak chalkash, bezovta turg'in emas. Ayolning shaxsiyati muvozanatli, erkakning shaxsiyati muvozanatli emas.
Daboju rafiqasi bilan hajga ketgan edi. Daboju kitoblarni yaxshi ko'radi atrofida har doim kitoblarni saqlaydi. Ular ma'badga kirishdi. Vishvanat ibodatxonasi Kashi shahrida bo'lsa kerak.
Hatto ma'badda turib ham Dabuji kitob o'qiydi. Xotini namoz o‘qiyapti. Bu ayolning azobini tushuna olasizmi?
Ayol baland ovozda dedi: “Ey Hudo Vishvanat! Men o‘lsam, keyingi hayotda meni ayol qilib yaratma, balki kitob yarat, hech bo‘lmaganda doim Daboji bilan birga bo‘lay!”.
Dabuji buni eshitdi. Shu zahoti sajda qildi va qo‘llarini bog‘lab: “Hudoyim... agar uning duosini qabul qilsang, uni telefon raqamlari kitobi qil, shunda har yili uni almashtirish imkonim bo'ladi!” dedi.
Erkakning aqli shunday, u faqat notinch. Bu bezovtalikni qo'yib yuboring. Bir muddat tinchilaning biroz dam oling. Bir oz hayotni xis qiling. Siz allaqachon hayot ortidan yugurdingiz, qayerga yetib keldingiz? Va yana qancha qochmoqchisiz? Yana qancha kop istamoqchisiz? Endi to'xtang! "To'xtagan qadam tinchilanadi...
Osho
@Paruk_Pilo