Epam'dan Internship Oldim

Epam'dan Internship Oldim

Asliddin Eshonkulov

Kuni kecha Epam'dan Java Backend yo'nalishi bo'yicha Internship Offer oldim.Ushbu maqolada tayyorgarlik va suhbat jarayonlarini bo'lishaman.Pastda onboarding qilinganim haqidagi rasmni ko'rishingiz mumkin:


Bosqich #0: Tayyorgarlik

Keling avval hammasi boshlangan joyga qaytsak.Javani qayerdan o'rgandim?
Buning uchun menga eng katta yordam bergan kurs bu - Java Development (Powered by MJC School).Bu kurs Epam dasturchilari tomonidan yaratilgan bo'lib, mutlaqo tekin.Darslar online farmatda bo'ladi.Kursda beriladigan ma'lumotlar juda foydali va eng muhimi har bitta o'rgangan teoriyadan keyin sizga amaliy vazifalar beriladi.Shu bilan birga sizda tajribali dasturchilardan savol so'rash va o'rganishga chanqoq jamoa bo'ladi.Kurs haqida to'liqroq ma'lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.


Bosqich #1: Ro'yxatdan o'tish

Epam nafaqat Java balki boshqa dasturlash tillaridagi kurslar va Internshiplarni o'zining training.epam.uz sahifasida e'lon qilib boradi.Eng birinchi qadam bu ro'yxatdan o'tish.Siz o'zingiz qiziqgan programmani tanlaysiz va ro'yxatdan o'tasiz.Bu jarayonda sizdan o'zingiz haqingizda bir qancha savollar, ish tajribasi va CV so'raladi.


Bosqich #2: English Test

Epamdan Java Internship olishingiz uchun siz birinchi o'rinda Ingliz tilini kamida B1 (Intermediate) darajasida bilishingiz talab qilinadi.Examinator Platformasida Test orqali ular sizning Ingliz tili darajangizni tekshirishadi va topshirganingizdan so'ng quyidagi ko'rinishda email xabar keladi:


Bosqich #3: [Trial version] EPAM Java Certification Exam

Asosiy imtihonni topshirishdan oldin bu kichik filterdan o'tishingiz kerak.Bu bosqich 3ta qadamdan iborat:

1) Nazariy Bilmlarni Tekshirish.
Bu bosqichda sizdan uncha qiyin bo'lmagan 5ta nazariy savol so'raladi.Pastda men ko'rsatgan natija:


2) Amaliy Bilmlarni Tekshirish
.
Bu bosqichda esa siz bitta masalani yechin berishingiz kerak bo'ladi.Pastda men ko'rsatgan natija:


3) Asosiy Imtihon Vaqtini Belgilash

Asosiy imtihonni topshirish uchun siz o'zingizga qulay kun va vaqtni belgilashingiz kerak bo'ladi.Sizga 24 soat vaqt beriladi xolos.Shunday ekan o'zingizga eng qulay vaqtni tanlang.


Bosqich #4: EPAM Java Internship Exam

Oldinroq aytilgan Asosiy Imtihon shu bo'ladi.Bu bosqich ham 3ta qadamlardan iborat lekin ancha murakkabroq:

1) Nazariy Bilmlarni Tekshirish
Bu bosqichda sizni taxminan 30tadan ko'p bo'lgan intermediate-advanced savollar kutib turipti.Savollar test ko'rinishida beriladi.Mavzular:

*Java Core
*Data base *Design patterns
*Multithreading
*HTTP
*Servlets
*Spring Core
*Spring MVC

Keyingi bosqichga o'tishingiz uchun siz kamida 60 ball yig'ishingiz kerak, pastda esa men ko'rsatgan natija:


2) Amaliy Bilmlarni Tekshirish

Bu bosqichda siz 5ta amaliy mashq (kichkina project) bajarasiz.Mashqlar juda qiziqarli.Pastda men ko'rsatgan natija:


3) Texnik Interview Vaqtini Belgilash

Tepadagi bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tsangiz, quyidagi bosqichda siz end Texnik Interview kun va vaqtini belgilashingiz kerak bo'ladi.Siz bilan Middle+ Engineer suhbat qiladi.


Bosqich #3: Texnik Interview

Asosiy imtihondan o'tganimdan taxminan 5-6 kunda keyin Interview rejalashtirildi.Quyida men olgan email xabarni ko'rishingiz mumkin:


Interview boshlanishiga 2-3 minut qolganda notebookim zaryad olmay qoldi.

Shocking...

Interviewdan 4-5 soat oldin zaryadchigim yerga tushib ketgan edi, shu birdan esimga keldi.Notebookni o'chirib yoqdim(sinalgan usul👌) ishlab ketdi.Interviewga o'z vaqtida ulandim.

Interviewer bilan avval tanishuv bo'ldi. Ozgina o'zim haqimda, qilgan proektlarim haqida so'radi va ularni keyinroq ko'rish uchun github accountimni so'radi.Interview savollar va amaliy mashqlarga boy bo'ldi va bir yarim soatdan ko'proq davom etdi.

Oxirida bitta amaliy mashq berdi, shu mashqni bajariyotganimda internet sustlasha boshladi.Interviewer men bergan yechimni ko'rdi, men endi o'zimning yechimim haqidida gapirmoqchi edim shu payt internet umuman ishlamay qoldi.2-3 minutda Interviewver intervyuni yakunladi.

Suhbat boshi va oxiri hayajonlarga boy bo'ldi.


Bosqich #4: Recruiter bilan suhbat

Agar siz interviewni yaxshi topshirsangiz 4-5 kunda Recruiter aloqaga chiqadi.Menda ham shunday bo'ldi.Suhbat davomida o'zim haqimda, qiziqishlarim, nega aynan Epamda Internship olmoqchiligim va kuniga nechi soat vaqt ajrata olishim haqida so'radi.Va uzog'i 1-2 haftadan keyin yakuniy xulosani aytamiz deb suhbatni yakunladi.

Bosqich #5: Yakuniy javob: OFFER

5 kun o'tib menga telefon qilib Epam Java Internshipga qabul qilinganligim va 1-2 haftada onboarding qilinishim haqida xabar berishdi.

Bollar, biz yutamiz!

@asldev_backend

Report Page