Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari
@itspecuz
Ofis to‘plami (Пакет офисных приложений)
Kompyuterda hujjatlar bilan ishlash uchun odatda pulli Microsoft Office qo‘llaniladi. Biroq uning o‘rniga mutlaqo bepul ofis dasturlari to‘plami – LibreOffice’dan ham foydalansa bo‘ladi. U juda ko‘p ommabop operatsion tizimlarda ishlay biladi, jumladan, GNU/Linux, Microsoft Windows va Mac OS X’da ham. Unshbu to‘plamning asosiy komponentlari: matnlar va jadvallar protsessori, taqdimot (prezentatsiya) fayllari va vektor muharriri.

Arxivator (Архиватор)
Fayllarni siqish uchun foydalaniladigan arxivatorlar ko‘p, ammo bu borada birinchi o‘rinda WinRAR esimizga tushadi. Uni bepul 7-Zip dasturi bilan almashtirish ham mumkin. Mazkur arxivator fayllarni siqish va arxivdan chiqarish tezligining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Unda arxivni parol bilan himoyalash funksiyasi mavjud, shuningdek, 7-Zip barcha ommalashgan arxiv formatlari bilan ishlay oladi.

Musiqa muharriri (Аудио редакторы)
Ovozni qayta ishlashga mo‘ljallangan pulli dasturlar ko‘p, masalan – Adobe Audition va WaveLab. Ammo ularning o‘rnini bittagina bepul Audacity bosa oladi. Unda bu maqsadga yo‘naltirilgan barcha funksiyalar va filtrlar to‘plami mavjud. Shuningdek, ko‘plab formatlardagi musiqiy fayllar ustida ishlash imkoni bor.

Disklarga yozish va ularni nusxalash (Запись и копирование дисков)
Hozirda ko‘pincha musiqiy va videofayllarni fleshkalarga yozib olish imkoni ham mavjud, ammo hali-hanuz CD va DVD-disklar ham amalda. Ularga fayllarni yozish uchun odatda Nero Burning ROM ishlatiladi. Shuning o‘rniga esa ImgBurn bepul dasturini tavsiya etamiz. U barcha ommabop formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda Audio CD, DVD Video tarzida ham yoza biladi.

Lug‘at (Словарь)
ABBYY kompaniyasining mashhur dasturiy ta’minotlaridan yana biri – ABBYY Lingvo lug‘atlaridir. Biroq bu borada ham undan biror nima xarid qilmasdan, bepul StarDict lug‘atidan foydalanish imkoni bor. U ochiq chiqish kodiga ega eng yaxshi elektron lug‘atlardan biri hisoblanadi. StarDict nafaqat so‘zlarni o‘girib, balki talaffuzini ham ko‘rsatib beradi. Shuningdek, dasturga qo‘shimcha lug‘atlarni qo‘shib, uning imkoniyatlarini oshirish mumkin.

Antivirus dasturi (Программа антивирус)
Kompyuterlarning asosiy muammolaridan biri – viruslar, ularga qarshi kurashuvchi antiviruslar masalasida esa Kaspersky hamda ESET eng yetakchilari bo‘lsa kerak. Biroq uy kompyuterlari uchun shularning o‘rnini Avira Free Antivirus bemalol bosa oladi. Uning tez-tez yangilanib boradigan bazasi real vaqt rejimidagi himoyani va viruslar skanerini o‘z ichiga oladi. Dastur kompyuterga deyarli og‘irlik tushirmaydi va tezkor xotirada kam joy egallaydi.

Rasmlar muharriri (Графический редактор)
Rastrli tasvir fayllari ustida ishlash uchun Adobe Photoshop juda qulay, ammo u pulli dastur sanaladi. Uning o‘rniga bepul Gimp suratlar muharririni tavsiya etishimiz mumkin. Bu dastur rasmlarni tahrirlash bo‘yicha to‘la funksionalga ega: shaffoflikni, qatlamlarni, turli filtrlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ko‘plab formatlar bilan ishlay oladi. Gimp’ning yagona salbiy jihati – interfeysi judayam qulay emas. Ammo shuncha imkoniyatlarga ega bo‘lgan bepul dasturning shu bitta kamchiligini kechirsa bo‘lar, nima dedingiz?