"Eng yaxshi yosh boyituvchi 2024"

"Eng yaxshi yosh boyituvchi 2024"


"Eng yaxshi yosh boyituvchi 2024"

Joriy yilning 30 aprel kuni kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024” kasb mahorat tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, kombinat yoshlarini Vatanga sadoqat, OKMKda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, ularning yetakchilik va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, kombinatning istiqbolli mutaxassislar zahirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqichda ishtirokchilarning o‘z kasblari bo‘yicha nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar ishtirokchi esa 2-bosqichda bellashishdi.

2- amaliy bosqichda ishtirokchilar boyitish sohasiga oid savol va topshiriqlarni bajarishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni  2-Mis boyitish fabrikasi tegirmon mashinisti Ibodullayev Lazizbek egalladi.

2-o‘rinni Mis boyitish fabrikasi xodimi Eraliyev Davron qo‘lga kiritdi.

“Eng yaxshi yosh boyituvchi” deb Mis boyitish fabrikasi xodimi Yunusov Axmadjon e'tirof etildi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Oʻktam Bekmatov,

2-MBF Yoshlar ittifoqi raisi v.b

Report Page