“Eng yaxshi tyutor – 2026”
Тalabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishayotgan, tashabbuskor va faol tyutorlarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi tyut…Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha tashkil etiladi:
“Eng faol targ‘ibotchi tyutor” – talaba-yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, yuqori ma’naviyat va madaniyat, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallashga intilishni shakllantirish borasidagi targ‘ibotchilik faoliyati hamda bu yo‘nalishda erishgan natijalari kompleks tarzda baholanadi.
“Eng faol kitobxon tyutor” – kitobxonlik madaniyati, o‘qilgan asarlar, o‘zbek adabiyoti hamda jadidchilik harakati namoyandalari haqidagi bilimlar savol-javob va test asosida baholanadi.
“Eng faol tashabbuskor tyutor” – tyutorning ishga bo‘lgan mas’uliyati, tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari, tyutorning shaxsiy tashabbusi bilan ilgari surilgan takliflarning amaliyotga tatbiq etilganligi, hamkasblaridan ajralib turuvchi o‘ziga xos jihatlari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar ham baholanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
tyutorning professional portfoliosi;
tanlangan nominatsiyaga oid hujjatlar;
amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi foto va videomateriallar taqdim etiladi.
Fakultet bosqichi – joriy yil oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligi.
Universitet bosqichi (yakuniy) – noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Tanlovning fakultet bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni, yakuniy bosqichda esa har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Fakultet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tyutorlar tanlovning universitet bosqichida ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarini yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar topshirishlari so‘raladi.