“Eng yaxshi qo‘shiq”

“Eng yaxshi qo‘shiq”


Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyasi tanlovi

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

Mazkur Nizom Termiz davlat pedagogika institutida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning musiqiy iste’dodini aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, istiqlol va yurt tinchligi g‘oyalarini qo‘shiqlar orqali keng targ‘ib qilishdan iborat.

Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

talaba-yoshlarning musiqiy qobiliyatlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;

yoshlarning sahna madaniyati va ijrochilik mahoratini rivojlantirish;

Vatan, Mustaqillik, ona yurt, tinchlik va xalq farovonligini tarannum etuvchi qo‘shiqlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish;

talaba-yoshlarning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish;

talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash;

Mustaqillik bayrami doirasida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy muhitni yanada boyitish.

III. Tanlovni tashkil etish

Tanlovda Termiz davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tashkiliy qo‘mita zimmasiga yuklatiladi.

“1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi bo‘yicha hakamlar hay’ati a’zolari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Tanlov ishtirokchilari yakka tartibda, ya’ni 1 nafar ishtirokchi tarkibida qatnashadilar.

IV. Tanlovni o‘tkazish tartibi

Tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlov davomida ijro etiladigan qo‘shiqlar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi, Vatan, ona yurt, tinchlik, milliy qadriyatlar, xalqimizning tarixi va an’analarini aks ettiruvchi milliy va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlardan iborat bo‘lishi lozim.

Ishtirokchilar qo‘shiqlarni jonli ijro yoki minus (musiqa jo‘rligida) shaklida ijro etishlari mumkin.

Har bir ishtirokchining chiqish vaqti 3–5 daqiqadan oshmasligi tavsiya etiladi.

Ishtirokchi tomonidan ijro etiladigan qo‘shiqning mazmuni tanlov mavzusiga mos bo‘lishi hamda odob-axloq me’yorlariga zid bo‘lmasligi lozim.

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yaxshi ijrochilar 1-, 2- va 3-o‘rinlarga ajratiladi.

Tanlovni o‘tkazish, ishtirokchilarning chiqishlarini baholash va g‘oliblarni aniqlash jarayonlari hakamlar hay’ati hamda tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.

V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

Tanlovning asosiy sharti – 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami mavzusiga mos qo‘shiqni ijro etish.

Ishtirokchilarning chiqishlari quyidagi mezonlar asosida jami 10 ballik tizimda baholanadi:

1. Ovoz va ijrochilik mahorati – 0–5 ball

ovozning tozaligi va jarangdorligi;

qo‘shiqni to‘g‘ri va ifodali ijro etish;

musiqiy ritm va ohangga rioya qilish;

qo‘shiq mazmunini tinglovchiga yetkazish mahorati.

2. Sahna madaniyati – 0–3 ball

sahnadagi harakat va o‘zini tutish madaniyati;

sahna ko‘rinishi va kiyinish madaniyati;

tomoshabinlar bilan ishlash va sahnada o‘zini erkin tutish.

3. Ijodiy yondashuv – 0–2 ball

qo‘shiq tanlovining mavzuga mosligi;

ijroning o‘ziga xosligi;

qo‘shiqni ijro etishda ijodiy yondashuv.

Jami: 10 ball.

Hakamlar hay’ati har bir mezon bo‘yicha alohida ball beradi.

Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topiladi.

Ballar teng bo‘lgan taqdirda, g‘olib qo‘shimcha ijro orqali hakamlar hay’ati qarori asosida aniqlanadi.

VI. Hakamlar hay’ati

Hakamlar hay’ati tanlovning xolisona, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Hakamlar hay’atining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ishtirokchilarning chiqishlarini belgilangan mezonlar asosida baholash;

eng yaxshi ijrochilarni aniqlash;

tanlov g‘oliblarini belgilash;

tanlov natijalarini rasmiylashtirish.

Hakamlar hay’atining qarori yakuniy hisoblanadi.


Report Page