“Eng yaxshi o‘qituvchi”

“Eng yaxshi o‘qituvchi”

OTFIV Toshkent shahar

 Toshkent shahridagi professional ta’lim

 va akademik litsey muassasalaridagi “Eng yaxshi o‘qituvchi” va

“Eng namunali o‘quvchi” tanlovlarini o‘tkazish 

 N I Z O M I

      2023/2024-o‘quv yilida Toshkent shahridagi professional ta’lim

 va akademik litsey muassasalaridagi “Eng yaxshi o‘qituvchi” va

“Eng namunali o‘quvchi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi

 NIZOM

 I. Umumiy qoidalar

 1.1. Mazkur nizom professional ta’lim hamda akademik litsey muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi o‘qituvchi” va “Eng namunali o‘quvchi” tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

 1.2. Tanlovda ko‘p yillik samarali mehnat qilgan, fidoyi, o‘z yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, faol professional ta’lim va akademik litsey muassasalaridagi o‘qituvchi va o‘quvchilar aniqlash, ularni rag‘batlantirish, jamoadagi hamjihatlik, ilg‘or pedagogik tajriba hamda zamon bilan hamnafasligi, yangi g‘oyalarga intilishi shu bilan birga ota-onalar va o‘quvchilarning ta’lim dargohidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi belgilangan.

 II. Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari

 2.1. 2023/2024-o‘quv yilida professional ta’lim va akademik litsey muassasalaridagi o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovining asosiy maqsadi salohiyatli kadrlarni aniqlash, sog‘lom raqobatni kuchaytirish, mustaqil va kreativ fikrlaydigan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy madaniy meʼrosini asrab-avaylash, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda yuksak madaniyat, erkin fikrlash tafakkurini yuksaltirish, g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish orqali faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.

 2.2. Yoshlar har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Albatta, yoshlarni ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga qulay sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylantirish “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovining maqsad va vazifalari hisoblanadi.

 III. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish joyi va muddati

 3.1. Tanlov ishchi guruh tomonidan g‘olib eʼlon qilinadi va rag‘batlantiriladi.

 IV. Tanlov ishtirokchilari

 4.1. Tanlovda “Eng yaxshi o‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha o‘qituvchilarning yangi innovatsion yo‘nalishda dars o‘tish jarayoni, yutuqlari, ko‘p yillik samarali mehnat qilgan professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarning o‘qituvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

 4.2. “Eng iqtidorli o‘quvchi” nominatsiyasi bo‘yicha ta’lim muassasalarining 2023/2024-o‘quv yilida faol, namunali xulqi, a’lo baholari, ijodkor, fan va sport olimpiadalarda munosib o‘rin egallagan hamda xorijiy sertifikatga ega bo‘lgan professional ta’lim va akademik litsey muassasalari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

 V. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish tartibi.

 5.1. “Eng yaxshi o‘qituvchi” va “Eng iqtidorli o‘quvchi” nominatsiyasiga talab qilinadigan hujjatlar:

 Tarjimai hol;

 Annotatsiya

 Tavsiyanoma

 Faxriy yorliq va sertifikatlarning nusxasi.

 5.2. “Eng yaxshi o‘qituvchi” va “Eng namunali o‘quvchi” nominatsiyasi bo‘yicha professional ta’lim va akademik litsey muassasalaridagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hujjatlarini otfiv_tashkent@exat.uz manziliga yuboriladi.

 5.2. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar tanlovga qo‘yilmaydi.

 VI. Tanlovning baholash tartibi

 6.1. Tanlovga taqdim qilingan hujjatlar tegishli ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi, o‘quvchilar (o‘qituvchilar bundan mustasno) suhbatdan o‘tkazilib, aniqlanadi va taqdirlanadi.

 VII. Appelatsiya komissiyasining vazifalari

 7.1. Apellyatsiya komissiyaning tarkibi 3 kishidan iborat bo‘ladi va ular quyidagi tartibda bo‘ladi:

 7.2. Apellyatsiya komissiyasi ishtirokchilarning shikoyatlarini tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat muddat ichida ko‘rib chiqadi.

 7.3. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qaror tegishli ravishda bayon bilan rasmiylashtiriladi.

 VIII. Tanlovni moliyalashtirishi

         8.1. Tanlovda g‘olib bo‘lgan sovrindirlarni rag‘batlantirish qo‘shimcha mablag‘ hisobidan hamda homiylar tomonidan amalga oshiriladi.

 IX. Ko‘rik-tanlovni yoritilishi

 9.1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati tanlovni axborot ko‘makchisi etib belgilanadi.


Report Page