"Eng yaxshi bloger" onlayn tanlovi nizomi

"Eng yaxshi bloger" onlayn tanlovi nizomi

www.adu.uz

Tanlov shartlari va baholash mezonlari:

1.   Tanlovda talaba blogerlar tomonidan blogida yoritilgan xabar, tahliliy maqola, fotoreportaj va boshqa yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin.

2.   Materiallar tanlov mavzusi bo‘yicha yozilishi lozim va blogpostlar soni 3 tagacha bo‘lishi lozim.

3.   Talaba blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi bloglari yoki agar mavjud bo‘lsa veb-saytlari havolasi ko‘rsatilishi lozim.

4.   Talaba blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarining soni ham inobatga olinadi.

5.   Yuqoridaga talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.

6.   Tanlov 10 ballik tizim asosida baholanadi.

  Hujjatlarni taqdim etish tartibi:

·     Tanlov ishtirokchilarining ishlari ijtimoiy tarmoqlarlarda yoritilib, yoritilgan materiallarining Print Skreen (skrinshot) havolasi taqdim etiladi.

·     Barcha ijodiy ishlar oliy ta’lim muassasasining Ishchi guruhiga taqdim etiladi.

·     Ijodiy ishlar ishtirokchi talaba-yoshlarning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.

·        Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi talabalari hujjatlarini 18-iyun kuniga qadar @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot ga yuboradilar.

 

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash:

A.   Tanlovning yakuniy bosqichida yuqori 1,2,3-o‘rinni egallagan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar oliy ta’lim muassasasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi va g‘olib bo‘lgan talabalarning ijodiy ishlari oliy ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritiladi.

B.    Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari hamda quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:

1 - o‘rin - 2 000 000 (ikki million) so‘m;

2 - o‘rin - 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m;

3 - o‘rin - 1 000 000 (bir million) so‘m.


Report Page