Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ)

Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ)



Grant g'oliblarining o'qish xarajatlari UDIP loyihasi tomonidan qoplanadi. Darslar 70% oflayn (auditoriyada) va 30% onlayn formatida bo'ladi. Talab faqatgina 18-30 yosh oralig'idagi odamlarga mo'ljallangan. Darslar ingliz tilida o'tkaziladi. Imtihonlar belgilangan manzillarda oflayn tarzida bo'ladi. Ingliz tilidan B1 darajasiga javob beradigan sertifikatlarga ega bo'lgan kishilar imtihonning til qismini topshirmasdan yuzaga kirishlari ham mumkin. Imtihon manzillari Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo'ylab ko'rsatilgan.

1. Grantda o‘qish haqiqatdan ham bepulmi?

Javob: Ha, grant g‘oliblarining o‘qish xarajatlari to‘liq UDIP(Uzbekistan Digital Inclusion Project") loyihasi tomonidan qoplanadi va hech qanday to'lov talab etilmaydi.

2. Darslar oflayn bo'ladimi?

Javob: Darslar "Hybrid" formatda: 70 foiz oflayn (auditoriyada ustoz bilan) va 30 foiz onlayn (amaliy vazifalar va video-materiallar) bo‘lib o‘tadi.

3. Boshqa viloyatdan kelib o‘qisa bo‘ladimi?

Javob: Ha, agar siz yuqorida ko‘rsatilgan 4 ta hududdagi filiallardan birida borib oflayn darslarda qatnashish imkoniga ega bo‘lsangiz, albatta qatnashishingiz mumkin.

4. Imtihon qanday tartibda bo'lib o'tadi?

Javob: Imtihon ingliz tilida dasturlashdan ochiq va yopiq tarzda bo'lib o'tadi va umumiy 2 soat vaqt beriladi.

5. Darslar qachondan boshlanadi?

Javob: Barcha imtihonlar o'tkazilgandan so'ng 1 oy ichida boshlanadi.

6. Darslar qaysi tilda olib boriladi?

Javob: ha, albatta ingliz tilida bo'lib o'tadi.

7. 18 yoshdan kichik 30 yoshdan kattalar ham topshirsa bo'ladimi?

Javob: Afsuski yo'q, talab doirasida faqatgina 18 - 30 yosh oralig'idagi yigit qizlargina qabul qilinadi.

8. Imtihonni onlayn topshirsa ham bo'ladimi?

Javob: Yo'q, Imtihonlar belgilangan manzillarda oflayn tarzda bo'lib o'tadi.

9. Ingliz tilidan sertifikatim bo'lsa imtihonning Ingliz tili qismini topshirmasam ham bo'laveradimi?

Javob: Ha, agar sizda B1 darajasiga teng CEFR, TOEFL va IELTS sertifikatlari bo'lsa, imtihonga olib kelishingiz so'raladi. Nusxasini ko'rsatganingizdan so'ng imtihonning faqatgina Ingliz tili qismidan ozod etilasiz.

10. Nega faqat viloyatlarda imtihon o'tkazilyapti?


Javob: Toshkent shahridan nomzodlar ko'pligi va saralab bo'linganligi sabab endilikda viloyatdan nomzodlar qidirilmoqda.


Imtihon manzillari:

— Xorazm, Najot Ta’lim Urganch filiali

— Qashqadaryo, Yoshlar markazi, Robbit filiali

— Surxondaryo, Termiz, Robbit filialida bo'lib o'tadi.

Report Page