Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ)
1. Grantda o‘qish haqiqatdan ham bepulmi?
Javob: Ha, grant g‘oliblarining o‘qish xarajatlari to‘liq UDIP(Uzbekistan Digital Inclusion Project") loyihasi tomonidan qoplanadi va hech qanday to'lov talab etilmaydi.
2. Darslar oflayn bo'ladimi?
Javob: Darslar "Hybrid" formatda: 70% oflayn (auditoriyada ustoz bilan) va 30% onlayn (amaliy vazifalar va video-materiallar) bo‘lib o‘tadi.
3. Boshqa viloyatdan kelib o‘qisa bo‘ladimi?
Javob: Ha, agar siz yuqorida ko‘rsatilgan 4 ta hududdagi filiallardan birida borib oflayn darslarda qatnashish imkoniga ega bo‘lsangiz, albatta qatnashishingiz mumkin.
4. Imtihon qanday tartibda bo'lib o'tadi?
Javob: Imtihon ingliz tilida dasturlashdan ochiq va yopiq tarzda bo'lib o'tadi va umumiy 2 soat vaqt beriladi.
5. Darslar qachondan boshlanadi?
Javob: Barcha imtihonlar o'tkazilgandan so'ng 1 oy ichida boshlanadi.
6. Darslar qaysi tilda olib boriladi?
Javob: ha, albatta ingliz tilida bo'lib o'tadi.
7. 18 yoshdan kichik 30 yoshdan kattalar ham topshirsa bo'ladimi?
Javob: Afsuski yo'q, talab doirasida faqatgina 18 - 30 yosh oralig'idagi yigit qizlargina qabul qilinadi.
8. Imtihonni onlayn topshirsa ham bo'ladimi?
Javob: Yo'q, Imtihonlar belgilangan manzillarda oflayn tarzda bo'lib o'tadi.
9. Ingliz tilidan sertifikatim bo'lsa imtihonning Ingliz tili qismini topshirmasam ham bo'laveradimi?
Javob: Ha, agar sizda B1 darajasiga teng CEFR, TOEFL va IELTS sertifikatlari bo'lsa, imtihonga olib kelishingiz so'raladi. Nusxasini ko'rsatganingizdan so'ng imtihonning faqatgina Ingliz tili qismidan ozod etilasiz.
Imtihon bo'lib o'tadigan manzillar:
- Toshkent, Najot Ta'lim Chimboy filiali
- Najot Ta'lim, Xorazm filiali
- Surxandaryo, Termiz Robbit filiali
- Qashqadaryo, Qarshi Robbit filiali