"Eng kitobxon oila" tanlovi

"Eng kitobxon oila" tanlovi

Гурлан Туман АКМ Нафиса


Kitob - inson umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai. Insonning rruhiy - ma'naviy kamolatini ta'minlashda kitobchalik kuchli qudratga ega vosita yo'qdir. Kitobxon ota - onalarning farzandi ham kitobga o'zgacha mehr ko'rsatadi, bu ma'naviyat xazinasiga tabiiy qiziqish va intilish tuyadi. Shu bois kitobxon avlod tarbiyasida, avvalo, ota - onaning tarbiyali bo'lishi, badiiy adabiyotga oshno ekanligi muhim zaruryatdir.

Joriy yilning 17 avgust kuni Gurlan tuman Axborot - kutubxona markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tuman bo'linmasi, Yoshlar ishlar agentligi Gurlan tuman bo'limi hamda Nuroniylar jamg'armasi Gurlan tuman bo'limi bilan hamkorlikda aholining barcha qatlamlarini kitob o'qishga da'vat etish hamda kitob o'qishga bo'lgan qiziqish va intilishlarini qo'llab - quvvatlash maqsadida "Eng kitobxon oila" tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda "Bog'iston", "Paxtakor", Eshimjiron", "Saxtiyon" mahallalaridan kitobxon oilalar o'z farzandlari bilan qatnashdilar.

Tanlov Nizomda ko'rsatilgan shartlar asosida bo'lib o'tdi. Har bir shartda ishtirokchilar o'zlarining zukkoligiyu kitobga oshufta qalbliligini shartlarni bajarib namoyon qilishdilar.

Tadbir yakunida hakamlar - hay'ati tomonidan ishtirokchilarning olgan ballari sarhisob qilinib g'oliblar aniqlandi. Faxrli I-o'rinni "Bog'iston" mahallasidan Qurbanboyevalar oilasi qo'lga kiridilar va mutasaddi tashkilotlar tomonidan diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.


















Report Page