Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm
Peshku tumani 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabiPeshku tumani 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida zakovat o‘yinining super final bosqichi o‘tkazildi. Bunda 8-A sinf o‘quvchilar jamoasi "The best" hamda 9-B sinf jamoasi "O‘zbekiston yoshlari" juda faol ishtirok etdi.
Tadbirni maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Qazoqov olib bordi va savollari o‘qib baholab bordi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ham Murojaatnomada “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” deb bejiz takidlamagan. Bu oldimizga koʻplab maqsad va vazifalar belgilab beradi.
Zakovat o‘yining savollari asosan mantiqiy, barcha fanlaridan o‘quvchilarning kretiv fikrlashga undaydigan savollardan iborat. O‘quvchilar ham ishbu o‘yinda faol ishtirok etib o‘z bilim qobiliyatlarini namoish etishdi. Qizg‘in kechgan bahsda 9-B sinf o‘quvchilar "O‘zbekiston yoshlari" jamoasi g‘alaba qozonib Zakovat o‘yinining 2022-2023- o‘quv yilining g‘olibi bo‘lishdi.
O'yin yakunida 8-A hamda 9-B sinf jamoasi rag‘batlantirildi.
B.Qazoqov Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
©️34-maktab 2023 y