“Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovi

“Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovi

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

“Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda “Tanlov” deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.  

1-bob. Umumiy qoidalar

Tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Tanlov tashkilotchisi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. 

2-bob. Tanlovning maqsad va vazifalari

Ko‘rik-tanlovning maqsadi:

Kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish;

O‘quvchilar qalbida vatanparvarlik, ezgulik insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlariga nisbatan mehr muhabbat uyg‘otish;

Ko‘rik-tanlovning vazifasi:

yoshlar o‘rtasida kitobxonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish;

3-bob. Ko‘rik-tanlov shartlari va o‘tkazish tartibi 

Ko‘rik-tanlov 2023-yil 5-iyuldan 28-iyulga qadar davom etadi (Haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari). Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari qatnashishlari mumkin.

Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi rasmiy sahifasida 2023-yil 5-iyuldan 28-iyulga qadar (Haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soat 11:00 da o‘zbek va jahon adabiyoti durdona asarlari asosida tuzilgan savollar qo‘yib boriladi. 

Tanlovda berilgan savollarga birinchi va aniq javob bergan hamda to‘liq ma’lumotli izoh qoldirgan ishtirokchi kun g‘olibi deb topiladi.


 Tanlovda berilgan savollarga eng ko‘p javob berib, izoh qoldirgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topiladi.


 G‘olib kitobxon o‘quvchilar bir xil natijalarga ega bo‘lgan taqdirda tanlovning 2-bosqichi tashkil etiladi va g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov shartlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan 3 nafar o‘quvchilar (ballariga mos ravishda 1-2-3-o‘rin) g‘olib va sovrindor deb e’lon qilinadi.

 Tanlov shartlari, uning o‘tkazilishi jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali berib boriladi.  


Report Page