#Eng_faol_yosh_mutaxassis

#Eng_faol_yosh_mutaxassis

@bmtu_press
Kurbonov Ozodbek Yunus o‘g‘li

➡️ Bugungi #eng_faol_yosh_mutaxassis rukni ostidagi sahifa mehmoni – “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli unitar korxonasi tasarrufidagi Navoiy aloqa va ishorat masofasi texnik hujjatlashtirish muhandisi Kurbonov Ozodbek Yunus o‘g‘li! 

Temir yo’ldagi mehnat faoliyati davri: 4 yil
Mazkur vazifada 2020 yildan buyon ishlab kelmoqda

Ozodbek bolalik chog‘idan o‘yinqaroq, sho‘x bo‘lishiga qaramay, maktabda a'lo baholarda o‘qidi. Yuqori sinfga o‘tgan chog‘ida temiryo‘lchi kasbiga qiziqishi ortaverdi. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga kirish maqsadida o‘rtoqlari bilan birga hujjatlarini topshirdi. Imtihonlarni yuqori ko‘rsatkichlarda topshirib, o‘qishga qabul qilinganini bilganida sevinchi ichiga sig‘madi. Xursandchiligi bolalikdan do‘sti ham o‘qishga qabul qilinganini eshitganida ikki karra oshdi. Talabalik chog‘ida ham a'lo baholari bilan tengqurlaridan ajralib turardi. – Bo‘sh vaqtimiz deyarli bo‘lmasdi, kitobdan boshimizni ko‘tarmasdik, do‘stim ikkalamiz imtihonlarga ham birga tayyorlanardik, - deydi Ozodbek talabalik chog‘ini eslab. 

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha oliygohni tamomlagan sahifamiz mehmoni 2019 yilda temir yo‘ldagi ilk mehnat faoliyatini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasiga qarashli Navoiy aloqa va ishorat masofasi «Ishonch» guruhi va texnik hujjutlashtirish sexi elektromexanigi vazifasida boshladi. Ishni boshlagan ilk kunlaridanoq korxona xodimlari bilan do‘stlashib, ular bilan tez til topishdi. Bir yil davomida mazkur vazifada o‘zini ko‘rsata olgan Ozodbek rahbariyat nazariga tushishga ham ulgurdi. 2020 yildan hozirga qadar Navoiy aloqa va ishorat masofasi texnik hujjatlashtirish muhandisi sifatida ishlab kelmoqda. Ustozlari o‘gitiga amal qilgan holda sidqidildan ish olib boradi. Ishdan bo‘sh vaqtlarida adabiy va kasbiga doir adabiyotlarni ko‘p o‘qiydi. Korxona rivoji uchun izlanishdan charchamaydi. 

– Тexnik hujjatlashtirish muhandisi - ish jadvallari, buyurtmalar, arizalar, ko'rsatmalar, tushuntirish yozuvlari, xaritalar, diagrammalar va boshqa texnik hujjatlarni, shuningdek tasdiqlangan shakllar va aniq muddatlarda belgilangan hisobotlarni tuzadi. Loyihalar va dasturlar, rejalar va shartnomalarni amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi. Bekatlardagi mavjud qurilma hujjatlarni bir-biri bilan mosligi, sxemalarning to‘g‘riligini tekshiradi, uskunani sinovdan o'tkazish va uni foydalanishga topshirish bilan bog'liq tadbirlarni o'tkazishda korxona loyihalari va dasturlarini tadqiq qilish, ishlab chiqish ishlarida qatnashadi. Axborot, texnik ma'lumotlar, ko'rsatkichlar va ish natijalarini o'rganadi va tahlil qiladi, ularni umumlashtiradi va tizimlashtiradi, zamonaviy elektron kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi, - dedi Ozodbek o‘z kasbi haqida.

Yosh bo‘lishiga qaramay, kasbdoshlari va mahalladoshlari orasida birdek hurmat-izzat qozongan, korxonasi va yurt ravnaqi uchun hissasini qo‘shib kelayotgan eng faol yosh mutaxassislarimizdan yana biri Ozodbek Kurbonovga bitmas-tuganmas eng katta boylik – sog‘likni tilaymiz! Ota-onasi orzu qilgandek yuqori cho‘qqilarni zabt etishi tilakdoshimiz! Har doim o‘rnak bo‘la oladigan inson sifatida yuksalishi tarafdorimiz!

Report Page