"Eng faol yil talabasi" NIZOMI

"Eng faol yil talabasi" NIZOMI

https://t.me/tdsi_uz_2019

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” tanlovining

NIZOMI


I.   Umumiy qoidalar

1.  Ushbu Nizom tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida (kunduzgi ta'lim shaklida) tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Eng faol yil talabasi” tanlovini (keyingi o‘rinlarda — Tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydl.

2.  Tanlovnlng asosiy maqsadi: jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalari aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fıdoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirishdan iborat.

3.  Tanlov bosqichma-bosqich, ushbu qo‘shma qarorning 3-ilovasidagi sxemaga muvofıq (tanlovni o‘tkazishda zarur hollarda o‘zgartirish kiritilishi mumkin) quyidagi bosqichlardan iborat bo‘1adi:

a) Tanlovning birinchi bosqichi har bir oliy ta’lim muassasasida ikki turda tashkillashtiriladi:

birinchi tur — har bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi;

ikkinchi tur — oliy ta’l1m muassasasi miqyosida fakultetlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladl;

b) Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning dekabr oyida o‘tkaziladi.

4.  Quyidagilar tanlov o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a)  birinchi — oliy ta'lim muassasasi bOsqlGhlda rektor (direktor) boshchiligida tegishli mutaxassislar tarkibidan tanlov komissiyasi tashkil etilib, ular tomonidan:

har bir oliy ta'1im muassasasida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish asosida tanlovga tavsiya etilgan talabalaming taqdimotini tashkil etish;

tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘z1ashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlarni,


talabalaming ilmiy va ijodly ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etish;

tanlov ishtirokchilarining darslardagi ishtlroki, faolllk darajasi, yetakchilik qobiliyatini kuzatish va baholash hamda g‘olib deb topilgan ishtirokchiga tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiyanoma berish;

b) ikkinchi, respublika bosqichida Tashkiliy ishchi guruh va tanlov komissiyasi tomonidan:

oliy ta'lim muassasalaridan taqdim etilgan tavsiya hujjatlarini va tanlov ishtirokchilarining taqdimot materiallarini qabul qilish, o‘rganish va tahlil etish asosida g‘oliblarni aniqlash;

tanlov g‘olib1arining moddiy va ma’naviy rag‘bat1antirilishini tashkil etish; tanlov o‘tishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng

yoritilishini tashkil etish ishlari amalga oshiriladl.

5.  Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazi1adi:

a) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

b) “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta'1im muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunavly ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

d)   “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oya1ari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

e)   “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkazi1gan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chlqiladi;

f)   “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, (rangtasvir, grafıka, dizayn, amaliy san'at, haykaltaroshlik bo‘yicha), bunda talabaning joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtlroki ko‘rib chiqiladi.

g)       “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning joriy yilda o‘z ijodiy badiiy asarlar, maqola, joriy yilda chop etilgan risola, kitob, musiqa, kino va teatr sohasidagi qiziqishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlardagi ishtiroki va erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi.

h) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlaming erishgan yutuqlari hamda yoshlami ish bilan ta’minlaganllk darajasi ko‘rib chiqiladi.


II.  Tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichini tashkil etish tartibi

6.  Tanlovning oliy ta'lim muassasasidagi bosqichi noyabr oyida o‘tkazi1adi.

7.  Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichining ikkita turda o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yig‘i1ish (har bir tur bo‘yicha alohida) bayonnomalari tanlov komissiyasi a'zo1ari imzosi bilan tasdiqlanadi va bayonnoma g‘olib to‘g‘risidag1 ma'1umot1ar yig‘maji1di bilan birgalikda belgilangan muddatda Respublika tashkiliy ishchi guruhiga taqdim etiladi.

8.  Tanlov komissiyasi oliy ta’lim muassasasining ma'muriy-boshqaruv

xodimlari, mutaxassis-o‘qituvchilar, hamkor tashkilotlardan jalb etilgan mutaxasslslar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.

9.  Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalami bajaradi:

tanlovning oliy ta'1im muassasasidagi bosqichi axborot ta’minotini tashkil qiladi;

tanlov ishtirokchilaridan buyurtmanomalar va materiallarni qabul qilishni tashkil etadi;

tanlov ishtirokchisi  taqdim etgan hujjatlarni  hamda darslarda va jamoat ishlaridagi ishtiroki sifatini baholaydi;

10.   Tanlovda oliy ta'1im muassasasida uzluksiz (akademik ta'ti1siz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

11.      Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib, Respublika bosqlchida (1, 2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan) g‘o1iblikni qo‘1ga kiritgan nomzodlar tanlovda 3 yil davomida qayta ishtirok etmaydi.

12.  Tanlovning oliy ta'lim muassasasi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va belgilangan muddatlarda tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.

13.   Ishtirokchiga tegishli bo‘1gan quyidagi hujjatlar to‘plami fakultet dekanati tomonidan tayyorlanadl va tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘z1ashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘1adlgan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma'1umotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholami qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘z1ashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;

tanlov ishtirokchisinlng nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga va ijodiy ishlarning elektron shakli;

xalqaro va respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);

grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;

konferensiyalardagi ishtlroki haqidagi ma'lumot1ar, ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar nusxalari ilova sifatida taqdim etiladi;

hujjatlar to‘p1amiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo‘1ishi lozim.

14.  Tanlov komissiyasi, ishtirokchilarning hujjatlar to‘plami, darslarda va jamoat ishlarida ishtiroki sifatini, shuningdek, ishtirokchi bilan individual o‘tkazilgan suhbat doirasida olingan ma'1umot1arni baholash natijalarini hisobga olgan holda, har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib (1-2-3-o‘rin)larni aniqlaydi va birinchi o‘rin sovrindorlarini tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.

15.  Nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3-o‘rin1arni egallagan g‘o1ib va sovrindorlar oliy ta'1im muassasasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadl hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida,

2- o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida va

3- o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘bat1antiriladi.

16.  Moddiy rag‘batlantirish uchun pul mablag‘1ari oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida oliy ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘1ari hisobidan ajratiladi.


III.  Tanlov tashkilotchilari va hamkor tashkilotlar.

17.  Tanlovning respublika bosqichi Tashkiliy ishchi guruhi tomonidan har yili dekabr oyida o‘tkazi1adi.

18.  Quyidagilar Tashkiliy ishchi guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi: tanlovni o‘tkazish muddatlarini belgilash (zarur hollarda masofaviy-onlayn

shaklida) va uni yuqori darajada o‘tkazish;

har bir nominatsiya bo‘yicha alohida tanlov komissiyasi (ekspertlar guruhi) tarkibini shakllantirish;

har bir nominatsiya bo‘yicha baholash mezonlarini ishlab chiqish;

19.  Tashkiliy ishchi guruhi qoidaga ko‘ra, rais, rais o‘rinbosari, Tashkiliy ishchi guruh kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Tashkiliy ishchi guruh raisi, rais o‘rinbosari va kotibi uning a’zolari orasidan saylanadi.

20.  Tashkiliy ishchi guruh raisi:

Tashkiliy ishchi guruhi majlisi kun tartibini belgilaydi va uni o‘tkazadi;

Tashkiliy ishchi guruhi qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Tashkiliy ishchl guruhi a'zolariga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni muvofıqlashtiradi.

21.  Tashkiliy ishchi guruhi a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

Tashkiliy  ishchi  guruhi  majlislarida  ko‘rib  chiqilayotgan   masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashish;

ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha xulosalar taqdim etish.

Tashkiliy ishchi guruhi faoliyatida ishtirok etish jamoatchilik asosida amalga oshiriladi.

22.  Tashkiliy ishchi guruhi majlisini rais yoki rais o‘rinbosari boshqaradi.

Tashkiliy ishchi guruhi majlisi a'zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.

23.  Tashkiliy ishchi guruhi kotlbi:

Tashkiliy ishchi guruhi majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Tashkiliy ishchi guruhi raisi bilan majlisning o‘tkaziladigan joyi va vaqtini kelishadi;

Tashkiliy ishchi guruhi a'zolarini majllsning o‘tkazilish sanasi, joyi va kun tartibidan xabardor qiladi;

Tashkiliy ishchi guruhi majlislarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘tkazilishini tashkil etadi;

Tashkiliy ishchl guruhi majlisi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangandan so‘ng Tashkiliy ishchi guruhi a'zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

24.  Tashkiliy ishchi guruhi qarori a'zo1arning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Tashkiliy qo‘mita raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

25.   Tashkiliy ishchi guruhining ish tartibi u tasdiqlaydigan reglament asosida belgilanadi.

26.   Tanlovning ta'sischisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hisoblanadi.

27.  Tashkilotchi tanlovning barcha bosqichlarini tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonida Tashkiliy ishchi guruhi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlashda bevosita hamkorlik qiladi va o‘z vakillarining Tashkiliy ishchi guruhi a'zosi sifatida samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 IV.  Tanlovning Respublika bosqichini o‘tkazish

28.  Tanlov komissiyalarining har bir nominatsiya bo‘yicha tarkiblari Respublika Tashkiliy ishchi guruhi tomonidan tasdiqlanadi.

29.  Tanlov komissiyalari tanlovning Respublika bosqichiga taqdim etilgan ishtirokchllaming hujjatlarini 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi hamda har bir nominatsiya bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida tanlov ishlari baholash orqali har blr nominatsiya bo‘yicha g‘o1iblar (1-2-3-o‘rin) aniqlanadi. Tanlov kOmlssiyalari majlislari bayonnomalari Tashkiliy ishchi guruhi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

30.  Tanlovning Respublika bosqichida har bir nomlnatsiyalar bo‘yicha 1-2-3-o‘rin sohiblari bo‘lgan ishtirokchilar tanlov statuetkasi, guldasta, Oliy ta'1im, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va

1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari miqdorida pul mukofoti,

2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofoti

3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdlrlanadi.

31.   Tanlovning respublika bosqichi g‘olib1arinl moddiy rag‘bat1antirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirinlng buyrug‘i asosida oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

32.   Tanlov g‘olib1ari oliy ta'lim muassasalarining homiy tashkilotlari tomonidan qo‘shimcha ravishda rag‘bat1antirilishi mumkin.

33.     Tasarrufıda oliy ta'lim muassasalari bo‘1gan vazirliklar va idoralar o‘z hisoblaridan tanlov g‘o1ib1arini qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirishga haqlidirlar.

34.  G‘oliblarni mukofotlash tadbiri tanlovning Tashkiliy ishchi guruhi qarori asOSlda belgilangan muddatda tantanali ravishda o‘tkaziladi.

35.  Tanlovga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

36.   Mazkur tanlovni tashkil etish va o‘tkazishda mas'u1 bo‘lgan xodimlar asosiy ish joyidan rag‘batlantiri1adi.

V.  Yakuniy qoidalar

37.    Tanlov natijalari ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda e'lon qilib boriladi.

38.               Tanlov ishtirokchisi (boshqa shaxs) tomonidan tanlovning yakuniy bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, uning natijasi bilan bog‘liq murojaat (e’tiroz)lar qabul qilinmaydi.

39.                  Mazkur nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tarkibda javobgarlikka tortiladi.



 


Report Page