“Yilning eng faol talabasi”
✅Tanlov jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
🏅Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2,3,4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
🎓"Yilning eng faol talabasi" tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:
📝“Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning fanlarni o'zlashtirishi va o'quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko'rib chiqiladi;
📣“Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta'lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ'ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o'zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko'rib chiqiladi;
🚀“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g'oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko'rib chiqiladi;
🏆“Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqiyosidagi o'tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko'rib chiqiladi;
🎨"Yilning eng faol iqtidorli talabasi", (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san'at, haykaltaroshlik bo'yicha) bunda talabaning joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko'rgazmalardagi ishtiroki ko'rib chiqiladi;
🕺💃 “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning joriy yilda o'z ijodiy badiiy asarlari, maqola, joriy yilda chop etilgan risola, kitob, musiqa, kino va teatr sohasidagi qiziqishlari hamda ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlardagi ishtiroki va erishgan natijalari ko'rib chiqiladi;
🧮“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”, (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta'minlaganlik darajasi ko'rib chiqiladi.
⏳Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar to’plami joriy yilning 10-noyargacha qabul qilinadi.
🏆Nominatsiyalar bo‘yicha respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar tanlov statuetkasi, guldasta, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va keltirilgan pul miqdori bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - 6 180 000 so'm
🥈-o‘rin - 4 120 000 so'm
🥉-o‘rin - 3 296 000 so'm
📲Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar o'z Tyutorlariga murojaat etishlari mumkin.