Endi sport maydonchasi qurishni odamlar oʻzi hal qilishi mumkin

Endi sport maydonchasi qurishni odamlar oʻzi hal qilishi mumkin


Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida barcha tuman va shaharlarning har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi belgilandi. Binda sport maydonchalari tuman va shaharlar kesimida eng ko‘p ovoz toʻplagan mahallaga qurib beriladi.


‼️Ovoz berish jarayoni bugundan, yaʼni 10-may kunidan boshlab, 1-iyunga qadar davom etadi.


Sport maydonchasi qurilishi boʻyicha ovoz berish tashabbus.sport.uz saytida bo‘lib o‘tadi.


Joriy yilda ushbu tizim sinov tariqasida o‘tkazilayotgani sababli, mahallalarni qo‘shish imkoniyati mavjud emas. Vazirlikning o‘zi hududlardan kelgan so‘rovlar asosida ehtiyojmandligiga qarab, har bir tuman yoki shahar bo‘yicha 3 tadan nomzod mahalla ro‘yxatini oldindan kiritib qo‘ygan. Ovoz berish ana shu mahallalar orasida bo‘lib o‘tadi. Kelgusida "Tashabbusli byudjet" portalidagi ovoz berish jarayonlari kabi, fuqarolar uchun ham o‘z mahallasini taklif sifatida kiritish imkoniyatini qo‘shish rejalashtirilgan.


Ovoz berish telefon raqamni va unga kelgan SMS kodni kiritish orqali amalga oshiriladi.




Report Page