Yangi o'quv yilidan "O'zbek tili"ni o'qitishda 4 ko'nikmaga tayaniladi

Yangi o'quv yilidan "O'zbek tili"ni o'qitishda 4 ko'nikmaga tayaniladi


Endi esa ta'lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili – O‘zbek tili ham chet tili kabi o'rgatiladi. Milli o'quv dasturi asosida o'zga millat vakillari uchun 2-sinf O'zbek tili darsligi yaratildi. Ushbu darslik 2021-2022- o'quv yilida amaliyotga joriy etiladi.

O'zbek tilini chet tili sifatida o'qitish ko'zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.

Bunda:

I. Nutqiy  kompetensiyalar:

1) aktiv – gapirish, yozish;
2) passiv – o‘qib tushunish, tinglab tushunish.

II. Leksik kompetensiyalar:

1) grammatika;
2) leksika – A1, A2, B1, B2.

ko'rinishida sinflar kesimida taqsimlangan.

Ayni paytda yaratilgan darslikda o‘z davri uchun muhim bo‘lgan yana bir qancha qulayliklar mavjudki, ular ham o‘quvchida til o‘rganish ko‘nikmasini faollashtiradi:

O‘quv darsligi asosida o‘qituvchi kitobi va o‘quvchi mashq daftari joriy etildi;
Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosi, hafta kunlari, sanoq sonlar ilk bora o‘zbek tilida MP3 formatda bolajonlar tilidan qo‘shiq qilib kuylandi va QR-kod orqali kitob sahifalaridan o‘rin oldi;
Ikkinchi til kitoblaridagi lug‘at-tarjimalar, odatda, ikki tilda havola qilingan bo‘lsa, endilikda ular keng auditoriyani hisobga olib qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, rus va ingliz tillariga ham tarjima qilinib QR-kod tizimi orqali joylashtirilyapti;
Zamonaviy darslikni yaratishda tez aytish, topishmoq, o‘ylab top, ilon izi, “ha/yo‘q”, T-sxema, mantiqan o‘ylab top, rebus, sudoku, munsterberg, shmuts, rasmlar o‘rniga so‘zlarni joyla, komiks kabi metodlardan foydalanildi;  
O‘quvchining psixologik, yosh xususiyatlari ham hisobga olinib, rasmlar 70%,  matnlar 30% o‘rin egallagan;
Fanlararo integratsiya (STEAM) to‘la ta’minlangan.

Yaratilayotgan darslik o'zga millat vakillariga o'zbek tilini o'rgatish uchun asosiy mustahkam manba bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram


Report Page