E’lon
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi «2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi PF-257-sonli farmonini bajarish hamda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida maroqli dam olishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivolantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida, 2025-yil 29- dekabrdan 2026-yil 5-yanvarga qadar barcha mahalliy yo'nalishlardagi yo'lovchi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi tezyurar "Afrosyiob" elektro poyezdlari, hamda tezyurar poyedlarning M-Lyuks vagonlaridan tashqari) yo'l hujjatlarini rasmiylashtirish uchun temir yol hujjatining tarif qismidan quyidagi chegirmalar belgilandi:
- guruhiy sayohat qiluvchi fuqarolar uchun O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Davlat byudjet korxonalari va sayyohlik agentliklari tomonidan (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari) taqdim etilgan buyurtmanomaga (4 va undan yuqori bolgan fuqarolarga) asosan-10% miqdorida chegirma berilishi joriy qilindi. Yuridik shaxsning buyurtmanomasi rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanishi hamda yuridik shaxs muhri yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. (tadbirkorlik subyektlari uchun muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi). Unda yuridik shaxsning nomi, talab etilayotgan o'rinlar soni, yo'lovchi poyezd raqami, jo'nash sanasi hamda jo'nash va yetib kelish temir yo'l stansiyalari ko'rsatilishi lozim. Buyurtmanomalar Yo'l hujjatlarini rasmiylashtirish agentliklari hududiy bo'limlarida ro‘yxatdan otkazilishiga, to‘lovlar korporativ bank kartalari va to'lov topshiriqnomalari orqali amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
Barcha chipta rasmiylashtiruvchi agentlari, yugorida ko'rsatilgan muddatda taqdim etilgan buyurtmanomaga asosan «СП-10» belgisi qo‘llanoladi.
Yo'lovchilarga chegirmali chiptalar faqat chiptaxonalarda rasmiylashtiriladi.