E'lon
@kokandunipress🇪🇺 ICM almashinuv dasturi – Yevropada o‘qish imkoniyati!
🏫 Qo‘qon universiteti talabalari uchun Erasmus+ ICM (International Credit Mobility) dasturi doirasida Daniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — International Business Academy (IBA) da 1 semestr tahsil olish imkoniyati taqdim etiladi.
✔️ Dasturda talabalar bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar va xodimlar ham ishtirok etishlari mumkin.
📚 Ta’lim yo‘nalishlari (Autumn 2026, 30 ECTS):
🔹 International Sales and Marketing (Top-up BA)
(3–4-kurs yoki magistratura talabalariga mos)
• Marketing – 15 ECTS
• Organization & Supply Chain Management – 5.5 ECTS
• Financial Management – 4.5 ECTS
• Business Law – 2.5 ECTS
• Theory of Science and Method – 2.5 ECTS
🔹 Marketing Management (AP Degree)
(2-kurs talabalariga mos)
• Marketing – 5 ECTS
• Financial Management – 2.5 ECTS
• Global Economy – 2.5 ECTS
• Digital Marketing – 10 ECTS
• Consumer Behavior – 10 ECTS
🔹 Multimedia Design (AI yo‘nalishi)
(2–3-kurs talabalariga mos)
Quyidagilardan biri tanlanadi:
• AI Manager / Web Development – 30 ECTS
• AI Manager / Content Creation – 30 ECTS
⚠️ Muhim:
• Talabalar faqat bitta dastur tanlaydi
• Barcha fanlar to‘liq 30 ECTS paket sifatida o‘qiladi
• Kurslar yetarli talabalar bo‘lsa ochiladi
✅ Talablar:
• Universitetning faol talabasi bo‘lish
• GPA kamida 3.0 / 4.5
• Akademik qarzdorlik va intizomiy jazolar mavjud bo‘lmasligi
• Til darajasi talabga mos bo‘lishi
• Fakultet dekani tavsiyanomasi
📄 Kerakli hujjatlar:
• Xorijiy pasport
• Ariza (Application form)
• CV
• Motivatsion xat
• Transkript
• Til sertifikati
• Tavsiyanoma
🏆 Baholash mezonlari:
• GPA – 35 ball
• Til darajasi – 20 ball
• Motivatsiya – 15 ball
• Suhbat – 20 ball
• Faollik – 10 ball
🌍 Dastur imkoniyatlari:
🔹 Xorijiy universitetda tahsil olish
🔹 Xalqaro muhitda tajriba orttirish
🔹 Yangi bilim va ko‘nikmalar egallash
⏳ Joylar soni cheklangan
🗓 Arizalar qabuli: 15-aprelgacha
📍 Murojaat uchun:
Xalqaro hamkorlik departamenti, D bino, 205-xona