Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘quvchi yoshlar orasida huquqiy viktorina o‘yini o‘tkazildi

Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘quvchi yoshlar orasida huquqiy viktorina o‘yini o‘tkazildi

Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi

Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning huquqiy bilimini oshirishga, ayniqsa mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni”, “Huquq bilimdonlari” kuni loyihalari asosida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbir davomida, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida va ko‘p sonli uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qadriyatlarni hurmat qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida bugungi kunda ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olish va yoshlarning korrupsiyaga qarshi huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqiy viktorina tashkil qilindi. 

Ellikqala tuman adliya bolimi





Report Page