Elektron pochta

Elektron pochta

Manuchehr Usmonov

Elektron pochta(e-mail) — ma'lumotlarni uzatish tarmog'i orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga jo'natish, qabul qilish va ma'lum vaqtgacha saqlanishini ta'minlovchi dasturiytexnik vositalar to'plami. E.p. axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni ta'minlaydi.

     E.p.da maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E.p.dan uzluksiz ravishda yoki ma'lum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E.p.20-asr ning 60-y.larida "katta" hisoblash mashinalarida "ko'p foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989 yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet o'rtasida aloqa o'rnatildi.

    O'zbekiston hududida E.p. xizmati 1990—91 yillarda ma'lumot uzatish tarmog'i operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997 yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmog'i orqali E.p. xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir O'zbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E.p.dan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati bo'lmagan mijozlar uchun "O'zbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmog'i orqali E.p. va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E.p. va an'anaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va o'quv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qog'ozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.

  Elektron pochta( ingl.E-mailyokiemail,electronic maildan qisqartma) —kompyuter tarmoqlaridainformatsiyani uzatish usullaridan biri.FidoNettarmog`ida elektron pochtaning analogiNetmaildeb ataladi.

Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u to`g`ridan to`g`ri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq bo`g`in orqali yuboradi. Bu oraliq bo`g`innig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverdajoydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yo`l qo`yiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.

Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yo`li (relayserversiz):


1.Xat yaratilishi;

2.Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchiningSMTP-serveri bilan bog`lanishi;

3.SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish;

4.SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi to`g`ri ekanligini tekshirish;

5.Yuborilayotgan xatni navbatga qo`yish;

6.Pochta serverlari haqidaDNS-so`rov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun;

7.Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz bo`lsa, urunishlar qaytarilsdi;

1.Muvaffaqiyat li urunishda xatni uzatish, agarda muvaffaqiyatsiz bo`lsa xatni boshqatdan uzatib ko`rishga navbatga qo`yish;

2.Qabul qiluvchining domeni bilan SMTP-server orqali qabul qilishi;

3.Xatni spamga o`hshashligini rekshirish;

4.POP3,IMAPyoki boshqa protokollar bilan ishlovchi xatrarni saqlovchi modulga uzatish;

5.Qabul qilib oluvchiPOP3yokiIMAPserverbilan bog`lanib, autentifikatsiyadan o`tib qabul qilish.

Elektron pochtani uzatish protokollari

*.IMAP

*.POP3

*.SMTP

*.UUCP

E-mail bilan ishlash uchun dasturlar

*. Eudora Mail

*. Evolution

*.KMail

*.Mozilla Mail

*. Mozilla Thunderbird

*.Netscape Mail

*.Novell GroupWise

*. Opera Mail

*.Outlook

*. Outlook Express

*.TheBat!

*.Hula

*.CommuniGate Pro

*.Spam

*.WebMail

*.Mail.Ru

*.MAPI

*.MIME

*.PSKmail

*.Samsung Contact

*.vCard

*. Gmail



Report Page