El nino va La nino hodisalari aslida nima va qanday qilib ular iqlimga ta'sir etadi ?

El nino va La nino hodisalari aslida nima va qanday qilib ular iqlimga ta'sir etadi ?

Murodjon

Yetakchi ilmiy agentliklarning tadqiqotlariga ko'ra, global iqlim o'zgarishiga eng yirik ta'sir e'tuvchilaridan biri El-Nino va La nino hodisalari ekanligi aytilmoqda.

El Nino nima?

"El Nino" nomi odatda Tinch okeanining markaziy-sharqiy ekvatorial qismida to'plangan bir necha yilda bir marta sodir bo'ladigan dengiz yuzasi haroratining isishini tasvirlash uchun keng qo'llaniladi.

Tinch okeanining sharqiy tropik qismida dengiz harorati uzoq muddatli o'rtacha ko'rsatkichdan 0,5 °C ga ko'tarilganda El Nino hodisasi e'lon qilinadi. El-Nino sodir bo'lganda Tinch okeanining markaziy-sharqiy qismlarida tropik sharqiy qismlaridagi harorat bilan solishtirganda issiqroq bo'ladi.


El Nino ta'siri ko'pincha dekabr oyida eng yuqori cho'qqisiga chiqadi; Ushbu nom ko'p asrlar oldin Peru baliqchilari tomonidan tilga olingan "El Nino de Navidad" so'z negizida paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi.

Olimlarning fikricha, odatda El-Ninoda kuzatiladigan ob-havo sharoiti kelgusi bir necha yil ichida global haroratni rekord darajaga ko‘tarishi mumkin.

La Nino nima?

"La Nino" - bu Tinch okeanining ekvatorial qismida dengiz sathining o'rtacha haroratidan sovuqroq bo'lishini ifodalash uchun qabul qilingan atama. "La Nino" deb e'lon qilish shartlari turli idoralarda farq qiladi, ammo hodisa paytida dengiz harorati ko'pincha o'rtacha darajadan 3-5 °C pastga tushishi mumkin. La nino tufayli Tinch okeanining tropik va sharqiy qismida o'rtacha havodan sovuqroq va quruqroq ob-havo kuzatiladi.

El Nino va La Nino iqlimni qanday o'zgartiradi?

Har bir El Nino va La Nino hodisasi bir xil emas va oqibatlari turli mintaqalarda turlicha bo'ladi. Global harorat odatda El Nino sodir bo'lganda ko'tariladi va La Nino paytida pasayadi. Ammo mintaqaviy ta'sirlar murakkab va ba'zi joylarda yilning turli nuqtalarida kutilganidan ham issiqroq va ayrim hududlarda esa sovuqroq bo'lishi mumkin.

Tarixdagi eng issiq yillardan biri 2016 yilda ham globat o'rtacha xarorat El-Nino tufayli ko'tarilib ketgan edi.

El nino tufayli to'q sariq bilan belgilangan hududlarda harorat odatdagidan issiqroq va moviy rang bilan belgilangan hududlarda esa odatdagidan sovuqroq bo'lishi qayd etilgan.

Shuningdek, El nino va La nino hodisalari materik ichkarisida joylashgan hududlarda ham jiddiy ta'sir o'tkazadi hozirda ushbu ta'sir o'rganilmoqda.





Report Page