“El ardog‘idagi bastakor”

“El ardog‘idagi bastakor”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 7 apreldagi №02/13/536-sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tomonidan 2022 yil 9 fevraldagi №02-RA1/1-95 sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida tavallud sanalari nishonlanadigan ijodkorlar va taniqli namoyandalar yubiley tadbirlarini keng miqyosda o‘tkazish bo‘yicha chora – tadbirlar rejasi ilovasiga muvofiq Buxoro tuman 30-maktabda maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi I.Shodiyev tomonidan atoqli o‘zbek sozandasi va bastakori, O‘zbekiston Xalq artisti Turg‘un Alimatov tavalludininng 100 yilligiga bag‘ishlab “El ardog‘idagi bastakor” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi hamda Buxoro tuman bo‘linmasi rahbarlari, O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar  uyushmasi a’zosi, kompozitor, bastakor, madaniyat va san'at fidokori, mehnat faxriysi, ustoz  Mashrafjon Qodirov, A.Fitrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maqom maktab  internatining MEROS nomli o‘zbek milliy cholg‘ulardan tuzilgan maqom cholg‘u ansambli hamda ijodkor yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda M.Qodirov o‘z fikr-mulohazalari orqali o‘quvchi-yoshlarga kompozitorlik bo‘yicha mahorat darslari olib bordi. Bunda kompozitorlikning nozik qirralarini ham yoshlarga tushuntirib, amaliy ko‘rsatib o‘tdi.

Ijodiy kechada atoqli o‘zbek sozandasi va bastakori, O‘zbekiston Xalq artisti Turg‘un Alimatovning asarlari kompozitor, bastakor, madaniyat va san'at fidokori M.Qodirov, A.Fitrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maqom maktab internatining MEROS nomli o‘zbek milliy cholg‘ulardan tuzilgan maqom cholg‘u ansambli hamda maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etildi.



Report Page