#EkspertFikri: Sergey Priemshiy UzLITIEngineeringda Elektr bo‘limi faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida 

#EkspertFikri: Sergey Priemshiy UzLITIEngineeringda Elektr bo‘limi faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida 

UZLITI Engineering

🇺🇿 Bugun «EKSPERT FIKRI» rukni mehmoni Elektrotexnika bo‘limi boshlig‘i Sergey Priemshiy. Sergey sanoat va fuqarolik ahamiyatiga ega ob'ektlarning elektr ta'minoti tizimlarini loyihalashtirish bo‘yicha 23 yillik tajribaga ega. Biz mehmonimiz faoliyatiga oid qiziqarli tomonlarni bilib olish uchun u bilan qisqa interv'yu tashkil qildik. 


— Sergey, bo‘limingiz faoliyatining o‘ziga xos jihati nimadan iborat? Shu haqida so‘zlab bersangiz. 

— Elektr bo‘limi faoliyatining o‘ziga xos jihati – bu elektr qismiga aloqador texnik yechimlarning loyihaning boshqa qismlaridagi yechimlar bilan yaqin aloqasidadir. Elektr bo‘limi ishtirokisiz amalga oshiriladigan loyihalarning o‘zi yo‘q. Loyihalarning xilma-xilligi, murakkab texnik darajasi i dinamikasi elektrotexnika va loyihalashdagi yangi tendensiyalarni doimiy ravishda kuzatish, yangiliklarni amaliyotga joriy etishni talab etadi.  


— Elektr bo‘limining muvaffaqiyatli faoliyati uchun nimalar zarur? 

— Loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun boshqa bo‘linmalar mutaxassislari bilan hamjihatlikda ishlash muhim: texnik yechimlarni hamkorlikda ishlab chiqish, loyiha ma'lumotlari (topshiriqlari) bilan aniq va tezkor almashish, qurilish maydonchasida to‘g‘irlash harakatlari, foydalanish jarayonidagi xatarlarni minimallashtirish uchun yetkazib beruvchilar hujjatlari bilan mukammal va diqqat bilan ishlash shular jumlasidan.


— Nimalar loyiha ishlari aniqligini oshirishga yordam beradi?

— Loyihalash jarayonining har bir ishtirokchisiga umumiy foydalanish imkonini beruvchi 3D-modellashtirish va BIM vositalarini qo‘llash loyihalar ustida kompleks ravishda ishlashning muhim yechimidir. 3D-modellashtirish muhitida ishlash loyiha ishlarining aniqligini oshirib, turli tizimlar o‘rtasidagi kolliziyalarni bartaraf etadi, xavfsizlik, amalga oshish va ob'etning kelgusidagi ekspluatasiyasi qulayligini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. 

Elektr ta'minoti tizimi har bir ob'ektda, xususan murakkab texnologik jarayonga ega ob'ektlarda potensial ravishda xavfli va ayni paytda hayotiy muhim hisoblanadi, shuning uchun ham har bir xodim belgilangan me'yorlar va qabul qilingan texnik yechimlarga rioya qilish uchun yuksak mas'uliyatni his qiladi. 

Elektr ta'minoti tizimlarining murakkab elektr rejimlarini modellashtirish, “zaif tomonlar”ni aniqlash va bartaraf etish, himoya va avtomatika parametrlarini aniq tanlash uchun ETAP dasturiy majmuasidan foydalaniladi. 

UzLITI Engineering— ushbu progressiv va butun dunyodagi professionallar tomonidan tan olingan dasturiy ta'minot bilan qurollangan O‘zbekistondagi ilk kompaniya hisoblanadi.  

DT — bu shunchaki hamkasblarimiz tajribasi va bilimisiz hech qanday qadr-qimmatga ega bo‘lmagan vositadir. Hisobchi faqatgina DTga tayanib qolmasdan, natijani “his qilishi” lozim. 


— Hozirgi vaqtda Elektr bo‘limida qanday o‘ziga xos ishlar amalga oshirilmoqda? 

Asosiy faoliyatdan tashqari, Elektr bo‘limida bilimlarni boshqarish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Bu hozirning o‘zidayoq baholash mushkul bo‘lgan, biroq vaqt o‘tishi bilan o‘zini qoplaydigan katta ish qatlamidir. 

Shuningdek 50 ta muhandisdan iborat jamoani boshqarish xodimlarning tajribasi va malakasi, ularning ixtisosligi va hatto xarakterining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlarning har bir bosqichini optimal ravishda taqsimlash va qayd etishga jiddiy e'tibor qaratishni talab etadi. Shuning uchun ham ishdagi muhim bir jihat loyiha ma'lumotlari almashinuvini hujjatlashtirish, vazifalar bajarilishini yo‘lga qo‘yish va qayd etishdan iborat va buning uchun Internet tarmog‘i orqali dunyoning istalgan burchagidan turib zarur loyiha ma'lumotlarini boshqarish imkonini beruvchi ERP-tizimidan foydalaniladi (ma'lum bir foydalanish huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda). Bu ayniqsa xodim qurilish maydonida yoki xizmat safarida bo‘lganda juda qulay.


— Fikringizcha, ishingizdagi eng muhim va foydali jihat nima?

— Loyihalovchi ishidagi eng muhim jihat — bu loyihangizdan foydalanadigan insonlar, ya'ni komplektasiya bo‘limi, quruvchilar, montajchilar, sozlovchilar va ekspluatasiya qiluvchi xodimlar to‘g‘risida o‘ylashdir. Loyiha yechimlarini takomillashtirishga sarflangan har bir qo‘shimcha soat kelgusida iqtisod qilingan kunlar bo‘lib qaytishiga, qurilish maydonchasidagi resurslar hamda qurilish va ekspluatasiya bilan bog‘liq harajatlar kamaytirilishiga olib keladi.

Qiziqarli fakt: Elektr bo‘limi ishlash uchun dastlabki ma'lumotlarni so‘ngilardan biri bo‘lib oladi (loyiha kompaniyasi tuzilmasida), chunki uning vazifasi barcha aralash mutaxassisliklar ehtiyojlarini ta'minlashdan iborat. Qurilish maydonchasida esa elektr ta'minoti ko‘pincha birinchi navbatda qurilish texnikasi va asboblar ishlashi, uskunalarni sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladi. Shuning uchun dastlabki ma'lumotlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda elektr ta'minoti tizimini moslashtirish va rivojlantirish uchun texnik imkoniyatlarni ko‘zda tutish maqsadida oldingi tajriba va muhandislik sezgisidan foydalangan holda ko‘pincha o‘rinli tavakkalchiliklarga borishga to‘g‘ri keladi.

Report Page