#Ekonazorat

#Ekonazorat


2021 yilning 21 dekabri kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Urgut tuman nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Urgut tumani hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi o‘zani va uning muhofaza qismida nazorat tadbirlari olib borildi.

Aytish kerakki, bugun soha mutasaddilari o‘z faoliyati davomida yer resurslaridan oqilona foydalanish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qarab kelmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, bo‘lim tomonidan doimiy ravishda o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda imkoniyat darajasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Qolaversa, hududiy inspeksiyalar tomonidan ham bu borada izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

     Urgut tumanining Ravotxo‘ja MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirlari jarayonida ham qonunbuzarliklarni oldini olishga asosiy e’tibor qaratib, daryoning muhofaza qismi va uning atrofida barpo etilgan qum-shag‘al aralashmasini qayta ishlash tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashmagan holda ko‘zatildi. Kuzatilgan qonunbuzarliklarga chek qo‘yish maqsadida ayni paytda holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruvlarni olib borish uchun tegishli takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha biznes-ombudsmanga murojaat qilinadi. Ularning ruxsatiga asosan esa, tekshiruvlar amalga oshiriladi.



Umuman olganda, bu kabi xatti-harakatlar halqimizning farovon hayoti, rizq-ro‘zi manbai va mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojining tayanchi bo‘lgan ona yerimizni asrab-avaylash, yer resurslaridan oqilona foydalanish, uni turli xil salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish soha egalaring bosh maqsadidir.

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand



Report Page