Ekologik madaniyat shakllanmagunicha poytaxtimizda chiqindi bilan bog'liq muammoni bartaraf etish mushkul

Ekologik madaniyat shakllanmagunicha poytaxtimizda chiqindi bilan bog'liq muammoni bartaraf etish mushkul

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti

Kuni kecha O’zbekiston Ekologik partiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali poytaxtimiz aholisi tomonidan “Belgilanmagan joyga qayta-qayta chiqindi to’planib bormoqda” mazmunida murojaat kelib tushdi.

Bugun O’zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi S.Fayziyeva boshchiligida Chilonzor tuman partiya tashkiloti raisi F.Umarov, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Chilonzor tumani bo’limi boshlig’i D.Sadirov, Chilonzor-Maxsustrans DUK raxbari o’rinbosari O.Ortikov ishtirokida o’rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat Chilonzor tumanining  “Navbahor” mahallasida joylashgan 3-uyning orqa tomonida “Yashil makon” Boshqaruv Servis Kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshirilgan.

Ushbu holat bundan oldin ham bir necha bor takrorlangan, BSK tomonidan xazonlar olib kelib tashlangan, natijada aholi ham mazkur noqonuniy chiqindixonani tashkil bo`lishida o`zligini “katta” xissasini qo`shishgan, y`ani ustiga maishiy chiqindilar ham tashlash oqibatida noqonuniy chiqindixona yuzaga kelgan.

Ma`lum bo`lishicha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Chilonzor tumani bo’limi inspektorlari tomonidan kompaniya raxbarlari ogohlantirilishiga qaramasdan, yana ushbu hududga chiqindilar tashlanmoqda.

Bugun yana bir bor “Maxsustrans” DUK vakillari ushbu chiqindilarni olib ketishdi, biroq afsuski aynan o’zi tozalik tarafdori bo’lgan tashkilotlar tomonidan bu kabi keskin madaniyatsizlik qilinsa-yu, boshqa tashkilotlardan va aholidan qanday javob kutish mumkin.

O’zbekiston Ekologik partiyasi ushbu holat yuzasidan zudlik bilan chora ko’rish zarurligi to’g’risida tuman hokimligiga rasmiy xat yuborishini ma’lum qilamiz.

 Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi

Report Page