Ebbe Nielsen Challenge: Biologik xilma-xillik maʼlumotlari boʻyicha vosita va texnikalar tanlovi; mukofot – 20 000 yevrogacha!

Ebbe Nielsen Challenge: Biologik xilma-xillik maʼlumotlari boʻyicha vosita va texnikalar tanlovi; mukofot – 20 000 yevrogacha!


Qayerda: Daniya

Kim uchun: Barcha uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2021-yilning 2-avgustigacha

Daniyaning Kopengagen shahrida joylashgan The Global Biodiversity Information Facility (GBIF) tashkiloti – har kimga, istalgan joyda, Yer sayyorasidagi tiriklikning barcha turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga erkin kirishni taʼminlashga qaratilgan xalqaro tarmoq va maʼlumotlar infratuzilmasidir. Tashkilot GBIF tadqiqotlarini olib borishning innovatsiyon texnologiyalari, tadqiqotlar va fan rivojiga hissa qoʻshuvchi loyihalar uchun navbatdagi The 2021 Ebbe Nielsen Challenge mukofot dasturini eʼlon qilmoqda. Yakka va guruh tartibidagi ishtirokchilar, korporatsiyalar, davlat/nodavlat va notijorat tashkilotlar bioxilma-xillik boʻyicha ochiq maʼlumotlarga kirish, uning foydaliligi va sifatini yaxshilaydigan vosita va usullarini tayyorlab, har yili oʻtkaziladigan ochiq tanlovga taqdim etishlari mumkin. Mukofot dasturi haqidagi toʻliq maʼlumot va gʻolib ishtirokchilar haqida: shu yerda.

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar 20 000 yevrogacha pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Nomzodga talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

1.     Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.

2.     Ishtirokchilar tanlovga yakka, jamoa (ishtirokchilar soni cheklanmagan), korporatsiya, davlat/nodavlat va notijorat tashkilot sifatida ariza berishlari mukin.

3.     Nomzod dasturda GBIF APIʼdan foydalangan holda (ixtiyoriy) ishlab chiqilgan yangi dasturlar, vizualizatsiya, metodlari yoki tahlillari bilan qatnashishi mumkin.

4.     Nomzod bir vaqtning oʻzida ham yakka holda, ham bir/bir necha jamoa tarkibida qatnashish uchun ariza berishi mumkin.

5.     GBIF Secretariat aʼzolari, qoʻl ostida faoliyat yurituvchi shaxslar tanlovda qatnasha olishmaydi. Batafsil maʼlumot: shu yerda.

Hujjat topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 2-avgustgacha onlayn arizani toʻldirishlari talab etiladi. Ariza toʻldiruvchidan quyidagilar soʻraladi:

·       Ishlanmaning nomi.

·       Guruh aʼzosi/aʼzolarining ismlari va ishlanmaga aloqadorligi.

·       Abstrakt va mantiqiy asos.

·       Foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va tegishli texnik talablar.

·       Ishlanmani tavsif etuvchi slayd, video va foto fayllarga oʻtish uchun havola(lar).

Har bir ishlanma oʻz ichiga videoqoʻllanma va yozma tavsifni olishi kerak.

Videoqoʻllanma ishlanmadan foydalanish jarayonini aks ettirishi kerak: tizimga kirish, foydalanish va undan chiqish va x.k.

Yozma tavsif tizimning yangiligi va taʼsiri, rivojlanish maqsadlari, instrumentlari va tizim tomonidan GBIF maʼlumotlaridan foydalanish usullarini oʻz ichiga olishi kerak. Batafsil maʼlumot tanlov shartlarida.

Topshiriladigan barcha hujjat va maʼlumotlar ingliz tilida boʻlishi zarur.

Dastur haqidagi batafsil maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

E-mail: ENChallenge@gbif.org

Report Page